Xorazm viloyati markazi Urganç şahridagi Yoğdu va Işçilar köçasida istiqomat qiluvçi bir neça oilalar Kun.Uz tahririyatiga murojaat etişdi. Ular uy-joylariga juda yaqin bölgan hududda quriliş işlari olib borilayotgani, natijada, kiriş-çiqiş uçun möljallangan yagona yöldan ötiş xavfli bölib qolgani, şahar hokimligi esa özlarini köçirib yuboriş va kompensatsiya tölaş işlarini paysalga solib kelayotganidan şikoyat qilişdi.

Yoğdu va Işçilar köçasida istiqomat qiluvçi Jumaboy Atayev, Jasur Atayev, Şohruh Atayev, Amina Bekmanova, Javlon Yaqubov, Işçilar köçasida yaşovçi Şavkat Ibragimov oilasi bilan uçraşib, murojaat mazmunini örgandik, vaziyatga oydinlik kiritişga harakat qildik.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yildagi PQ-1874 qarori bilan Urganç şahrining boş rejasi tasdiqlangan bölib, unga asosan 10-sonli «Navbahor» mahallasiga kiruvçi Yoğdu va Işçilar köçasidagi eski binolar örniga köpqavatli turar joylar qurilişi belgilab berilgan.
2017 yilda Good Rival MÇJ tomonidan bu hududdagi 1700 kv.m. yer maydonida köpqavatli bino qurilişi boşlangan.

Aholi uçun muammolar şundan keyin paydo bölgan. Pudratçi taşkilotning quriliş me'yoriy talablariga rioya qilmasligi, ya'ni quriliş ketayotgan hudud atrofini örab, yopib qöymasligi oqibatida yaqin atrofdagi uy-joylarda istiqomat qiluvçi aholining hayoti uçun xavfli bölgan holatlar yuzaga kelgan. Bundan taşqari, hududga kiriş-çiqiş uçun möljallangan yagona yöl quriliş transporti, kran bilan tösib qöyilgan. Natijada, aholining uy-joylarga xavfsiz kirib-çiqiş imkoniyati çeklangan.
Qayd qiliş joizki, bu huddudda juda eski qabriston ham bor. U köp yillardan beri yopiq bölsa-da, aholi yaşaydigan hududga juda yaqin joylaşgan. Bizga murojaat qilgan aholining uy-joylari yangi qurilayotgan bino va mana şu qabriston örtasida qolib ketgan.

Bu holat yuzasidan Good Rival MÇJ rahbari Bobur Ismoilovdan izoh oldik.
«Qurilişni boşlaş uçun Urganç şahar hokimligi, Davlat arxitektura va quriliş nazorati inspeksiyasidan va boşqa tegişli taşkilotlardan barça ruxsatnomalar olingan. Bundan taşqari, murojaatçilar istiqomat qilayotgan hudud bizga ajratilgan yer maydoniga kirmaydi. Bizga ajratilgan yer maydonidagi aholini köçiriş bilan boğliq barça işlarni bajarganmiz, kompensatsiya pullarini Urganç şahar hokimligiga ötkazib berganmiz. Bu uyni esa tezroq qurib bitkazişimiz kerak, çunki mijozlardan pulini olib qöyganmiz. Bu hududdagi aholini köçirib yuboriş, ularga yer ajratiş va kompensatsiya tölaş korxonamiz vakolatiga kirmaydi», - dedi Ismoilov.

Davlat arxitektura va quriliş nazorati inspeksiyasidan (DAQN) qurilişning me'yoriy talablarini bajarmagan Good Rival MÇJga nima uçun qurilişni boşlaşga ruxsat berilgani bilan qiziqdik. DAQN rahbari Beknazar Qurbonov vaziyatga quyidagiça izoh berdi.
«Good Rival MÇJga quriliş uçun ruxsat berilişi «Yagona darça» - Davlat xizmatlari markazi talabi bilan boğliq. Avvalroq, tadbirkorlarga qurilişni boşlaş uçun ruxsatnoma 1 kun içida berilişi şart edi. Quriliş obektlari sonining köpligi sababli, ba'zan şoşma-şoşarlikka yöl qöygan holda, Good Rival MÇJga ruxsatnoma berib yuborilgan. Hozirgi kunda vaziyat özgargan, ruxsatnomani berişga 5 iş kuni ajratilgan. Yoğdu köçasidagi bu holat böyiça Good Rival MÇJ rahbaridan tuşuntiriş xatini oldik. Quriliş me'yoriy talablarini bajarmagani, atrofni tösib qöymasdan iş boşlagani uçun qurilişni zudlik bilan töxtatişni talab qilib, ogohlantiriş xatini berganmiz», - dedi Qurbonov.

Yoğdu köçasida istiqomat qiluvçi oilalar bu hududdan özlarini tezroq köçirib yuborilişini istayaptilar.
«Bu hududda quriliş boşlanganidan beri sarsonmiz. Goh yölimiz yopilib qoladi, goh oçiladi. Ba'zan quriliş krani bilan tösiladi. Bolalarimiz esa şu yöldan ötib maktabga borişi kerak, bundan xavotir olamiz. Eski qabriston ham yaqin, yozda çang-tözon kötariladi, uyimizga kirib ketadi. Şu havodan nafas olyapmiz. Bizga yer ajratilib, kompensatsiya tölanib, tezroq köçirib yuborişsa yaxşi bölardi, boşimiz ğavğodan qutulardi», - dedi şu hududda yaşovçi Jumaboy Atayev.

Urganç şahar hokimligi qoşida taşkil qilingan yer beriş va realizatsiya qiliş masalalarini körib çiquvçi doimiy işlovçi komissiyasi Yoğdu köçasida istiqomat qiluvçi fuqarolarni bir neça marotaba muhokamaga çaqirgan. Ammo ularga yer ajratiş va kompensatsiya tölab, bu hududdan köçirib yuboriş işlari deyarli ikki yildan beri töxtab turibdi. Bu vaqt mobaynida, narx-navolar özgarişi sababli, turar joy egalari öziga tegişli bölgan mulkni bir emas, uç marta baholaş firmalarida baholatib olişgan. Bu esa ozmunça mablağ talab qilmaydi. Afsuski, iş şu paytgaça bir qadam ham oldinga siljimagan. Quriliş işlari esa hanuzgaça davom etmoqda...
Nurmuhammad Said













