Urganç xalqaro aeroportida yangi yölovçi terminalini quriş böyiça dastlabki işlar boşlandi. Ayni paytda quriliş maydonida kotlovan qazilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri qatnaşgan press-turda maʼlum qilindi.
Quriliş işlarini olib borayotgan Bomi Engineering & Construction kompaniyasi vakili Xvan Yongjening Kun.uzʼga aytişiça, keyingi bosqiçda qoziq qoqiş işlari boşlanadi.
«Hozir qurilişning dastlabki bosqiçidamiz, kotlovan qaziş işlari boşlandi. Keyingi bosqiçda qoziq qoqiş işlari olib boriladi. Aeroport qurilişini 2028-yil oxirigaça yakunlaşni rejalaştirganmiz», - dedi u.
Modernizatsiya loyihasining umumiy qiymati 242 mln dollarga baholangan. Şundan 134 mln dollari xususiy şerik, 108 mln dollari davlat şerigi obyektlariga töğri keladi.
Loyiha Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasi iştirokida davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilmoqda. Kompaniya 2025-yil aprelida ötkazilgan xalqaro tenderda ğolib bölgan.
Kelişuv 22 yilga möljallangan bölib, uning 3 yili quriliş, 19 yili konsessiya davriga töğri keladi.
Loyihaning asosiy obyektlaridan biri qariyb 39 ming kvadrat metr maydonga ega yangi yölovçi terminali böladi. Amaldagi terminal maydoni 9,2 ming kvadrat metrni taşkil etadi.
Yangi terminal işga tuşgaç, uning bir soatlik xizmat körsatiş quvvati 300 yölovçidan 1300 nafargaça oşadi. Aeroport yiliga hozirgi 1,2 mln örniga 3,5 mln nafargaça yölovçiga xizmat körsata oladi.
Terminalda xalqaro va içki reyslar yölovçilari oqimi ajratiladi. Röyxatdan ötiş, tekşiruv va bagaj bilan işlaş zonalari, VIP va CIP zallar, Duty Free savdo maydonlari hamda ovqatlaniş şoxobçalari taşkil etiladi.
Xvan Yongjening aytişiça, yangi terminal dizaynida Xorazm meʼmorçiligiga xos elementlardan foydalaniladi.
Quriliş davomida aeroport faoliyati töxtatilmaydi. Yölovçilarga xizmat körsatiş uçun qurilgan vaqtinçalik uçib keliş terminali 2026-yil avgustida aeroport foydalanişiga topşirilgan.
Modernizatsiya aerodrom infratuzilmasini ham qamrab oladi. Samolyotlar turiş joylari 6 tadan 18 tagaça, yuriş yölaklari soni esa 4 tagaça köpaytiriladi. Şuningdek, 3300 metr uzunlikdagi yangi uçiş-qöniş yölagi qurilişi rejalaştirilgan.
Aeroportdagi yoruğlik signalizatsiyasi ham CAT-Iʼdan CAT-II toifasiga ötkaziladi. Yangi tizim murakkab ob-havo şaroitida parvozlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini kengaytirişi közda tutilgan.











