2019 yilning 29-30 may kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyuradi.

TIV xabariga köra, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

Taşrif doirasida Urganç şahrida hukumat rahbarlari darajasidagi Özbekiston-Rossiya Qöşma komissiyasining birinçi yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi şakli bölib, unga 2018 yil oktyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat taşrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida asos solingan.

Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyasining 24 aprelda bölib ötgan yigirmançi yiğilişi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitiş masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya delegatsiya rahbari Xiva şahriga ham taşrif buyuradi, deyiladi xabarda.