Milanning «Inter» klubi jamoa boş murabbiyi Luçano Spallettini iste'foga çiqardi. Bu haqda klub rasman e'lon qildi: «Luçano Spalletti ortiq «Inter» boş murabbiyi emasligini rasman e'lon qilamiz. Klub Spalettiga qilgan işlari uçun rahmat aytib, keyingi faoliyatiga omad tilaydi»,- deyiladi bayonotda.
Spalletti 2017 yildan buyon «Inter»da işlab kelayotgandi. Uning qöl ostida jamoa ötgan mavsum 8 yillik tanaffusdan söng Çempionlar Ligasiga çiqqan va joriy mavsum yakunida ham «Inter» Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga qiritgandi.
Spalletti ötgan mavsum yakunida «Inter» bilan şartnomasini 2021 yilgaça uzaytirgandi, şu bois Milan superklubi murabbiyga mömaygina kompensatsiya tölaşi kutilmoqda. Bu summa 25 million yevroga yetişi ham mumkin.
Gazzetta dello Sport naşri ma'lumotiga köra, Antonio Konte «Inter» boş murabbiyi etib tayinlanadi. Italiyalik mutaxassis keça, 29 may kuni «neradzurri» rasmiylari bilan uçraşib, hamkorlik şartlari böyiça yakuniy kelişuvga erişgan.
Şartnoma 3 yil muddatga möljallab imzolangan. Unga asosan Konte Milanda bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 9 mln yevro maoş oladi.
Eslatib ötamiz, «Inter» ortda qolgan mavsumda A Seriyada törtinçi örinni oldi, Italiya kubogini çorak finaldan tark etdi. Jamoa Çempionlar ligasida guruhdan çiqa olmagaç, Yevropa ligasi nimçorak finalida kuraşni töxtatdi.












