Özbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalaş tizimini joriy etiş töğrisida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda xalqaro standartlar talablariga asoslangan mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalaş tizimi joriy etiladi. 

Mahsulotlarni ekologik markirovkalaş akkreditatsiyadan ötkazilgan ekologik markirovkalaş organlari tomonidan amalga oşiriladi.

Işlab çiqariş, foydalaniş, iste'mol qiliş, taşiş, saqlaş va utilizatsiya qilişda atrof-muhitga, aholi soğliğiga va biologik resurslarga eng kam zararli ta'sir körsatadigan mahsulotlar ekologik markirovkalaş obekti hisoblanadi.

Işlab çiqaruvçilar mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalaş töğrisida sertifikat olingandan keyin öz mahsulotlarini ixtiyoriy asosda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalaydilar.

Sertifikat mavjud bölmagan taqdirda mahsulot nomida, öramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilişda “eko” va “eko” sözlaridan foydalaniş taqiqlanadi.

Dori vositalari, veterinariya preparatlari, tibbiy buyumlar, tarkibida zaharli, mutagen, kanserogen, atrof-muhit uçun xavfli deb tasniflangan moddalar, preparatlar va aralaşmalar mavjud bölgan tovarlar ixtiyoriy ekologik markirovkalanmaydi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalaş sohasida işlarni taşkil etiş böyiça vakolatli organ hisoblanadi.

Qaror bilan Özbekistonda mahsulotlarni ixtiyoriy markirovkalaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.