Şimoliy Koreyada mart oyida davlat kengaşining AQŞ masalalari böyiça maxsus vakili Kim Xek Çxol va Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirligining yana 4 mansabdor şaxsi qatl etilgan. Qatl etilganlarning barçasi Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Xanoydagi sammitida iştirok etgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreya mehnat partiyasi markaziy qömitasining birlaşiş masalalari böyiça bölim boşliği, Kim Çen Inning birinçi örinbosari Kim Yon Çxol esa Çagando provinsiyasiga “qayta tarbiyalanişga” surgun qilingan.
Naşrga anonim manbaning xabar berişiça, qatl etilganlar AQŞ foydasiga josuslik qilişda ayblangan, biroq ularning qatl etilişining rostmana sababi ular Tramp bilan kelişuvga erişa olişmagani hisoblanadi.
Vetnam poytaxti Xanoyda fevral oxirida ötgan AQŞ-Şimoliy Koreya sammiti heç qanday kelişuvlarsiz va belgilangan muddatdan avval yakunlangandi.
Ta'kidlaş joiz, avval ham matbuotda Şimoliy Koreyada amaldorlar qatl etilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq keyinroq ular tirik va beşikast holda köriniş berişgan.












