Özbekiston milliy jamoasi Turkiyaning Antaliya şahrida yiğin ötkazmoqda. Turkiya bilan örtoqlik öyiniga tayyorlanayotgan milliy jamoa ayni damda «The Sense De Luxe» mehmonxonasida joylaşgan. Tribuna.uz muxbiri fursatdan foydalanib milliy jamoa hujumçisi Eldor Şomurodov bilan suhbat uyuştirdi.
– Eldor, avvalo Turkiyaga qarşi örtoqlik öyini haqida fikr bildirsangiz.
– Bu öyinga yaxşi tayyorgarlik kördik. Turkiya Yevropada ham öz nomiga ega jamoa ekanini bilamiz, ammo bu yerga ğalaba uçun kelganmiz. Milliy jamoa libosini kiyganidan söng inson butunlay boşqaça darajada öynay boşlaydi. Şu bois bu yerda hamma futbolçi özini körsatişga harakat qiladi. Yelkada butun mamlakatning mas'uliyati turadi.
– «Krasnodar»ga qarşi öyinda maxsus şapkada maydonga tuşib, gol urdingiz. Keyinçalik ular «Eldor şapkalari» deb atala boşlandi va «Rostov» dökonlarida sotilmoqda. Öşa şapka bilan boğliq vaziyatni qanday eslaysiz?

– Öşa gol urilgan vaziyatdan oldin «Krasnodar» futbolçisi bilan töqnaşib ketdim. Martinoviç edi adaşmasam. Boşim yorilgani sabab doktorlar qonni töxtatiş uçun öşa şapkani kiygizib qöyişdi. Boşni öraşga köp vakt ketişi uçun şunday qilişdi. Keyin şapkada öynadim va u bilan gol urdim (kuladi). Gol urilganda Yeryomenkoning töp uzatişi ham ajoyib çiqdi. U yuqori darajadagi futbolçi va şu bois uzatma ham zör çiqdi.
– «Rostov»dagi şeriklaringiz bilan munosabatingiz qanday?
Hamma bilan yaxşi çiqişaman. Jamoada içki muhit yaxşi. Futbolçilar bilan döstmiz.
– Rossiya çempionatiga borişdan avval uni qanday tasavvur qilgandingiz? Rossiya Premer-Ligasi kutganingizdek bölib çiqdimi?
– Rossiyada kuçga asoslangan futbol bölişini tasavvur qilgandim va şundayligiga amin bölyapman. Jamoalar bir-biriga ziç öynaşga harakat qilişadi. Şu bois 1:0, 0:0 kabi hisoblar köp böladi. Boşida Rossiya çempionatiga örganib ketişim qiyin böldi, lekin hozir hammasi joyida.

– Ba'zan futbolçining faoliyatidagi bir lahza köp narsani özgartirib yuboradi. Masalan 2011 yilgi Osiyo Kubogi oçiliş öyinida Odil Ahmedov Qatar darvozasiga super gol urgaç, faoliyati yaxşi tomonga özgarib ketgani haqida aytgandi. Sizning faoliyatingizdagi eng muhim lahza sifatida Ummonga qarşi öyindagi golni aytiş mumkinmi? Öşa öyinda zaxiradan maydonga tuşib, çiroyli reyd amalga oşirgan va ğalaba golini urgandingiz. Aynan öşa goldan söng öyiningiz yanada oçilib ketdi.
– Bu gol faoliyatimdagi eng muhimi bölmasligi mumkin, lekin u çindan ham özimga bölgan işonç ortişiga sabab böldi. Osiyo Kubogidan söng «Rostov»da ham oldingidan yaxşiroq öynay boşladim.
– Köpçilik Osiyo Kubogidagi eng çiroyli golingiz deb Yaponiyaga qarşi öyindagi golni e'tirof etadi. Öşa golni qanday eslaysiz? Sizning közingiz bilan qaraganda bu gol qanday sodir bölgandi?
– Doston menga töpni uzatganidan söng oldinga qarab yurdim. Qarasam, oldinda bizdan heç kim yöq va men vaziyatni özim yakunlaşim kerakligini angladim. Qaror qabul qilganimdan keyin qolgani intuitsiyaga köra sodir böldi. Bu öyin holati edi va hujumçi uni gol bilan yakunlaşi kerak.
– «Maş'al» akademiyasidan futbolga kirib kelgansiz. Öşa damlarni qanday xotirlaysiz? Umuman, «Maş'al» akademiyasidan köp futbolçilar çiqqan. Bu jamoaning yoşlarni yaxşi tarbiyalab, ularni milliy jamoa darajasiga kötarişdagi yutuği nimada?
– Biz şuğullangan vaqtimizda «Maş'al» akademiyasi Özbekistondagi eng yaxşisi edi. U yerda şaroitlar zör edi. Akademiyaning yutuği seleksiyada bölgan deb öylayman. Ular butun Özbekistondan yaxşi bolalarni yiğib olişardi. Afsuski, öylaşimça hozir u yerda şaroitlar avvalgidek emas. Lekin oldingi darajasiga qaytsa, «Maş'al» akademiyasi özbek futboliga köp narsa beradi.
– Yaqinda Aleksandr Xomyakov «Maş'al»dan ketdi. U qanday murabbiy edi?
– Xomyakov qattiqqöl murabbiy edi. Men aynan uning vaqtida Oliy Ligada debyut qilganman. Bugungi darajaga çiqqanimda uning hissasi bor.

– «Bunyodkor»ga kelişingiz faoliyatingizda qanday özgarişlar olib keldi?
– Öşa vaqtda «Bunyodkor»da yoş futbolçilar yiğilgandi. Luşçan taklif qilganida köp ham öylamay rozilik berganman. Uning qanday murabbiy ekanini yoşlar terma jamoasidan bilardim. Luşçan yoş futbolçilarning öziga bölgan işonçini orttira oladigan yaxşi murabbiy. «Bunyodkor»dagi faoliyatim yaxşi ötgan deya olaman. Aynan öşa vaqtda milliy jamoadan çaqiruv olganman.
– Bugun Çempionlar Ligasida final öyini böladi. Hal qiluvçi öyinda kim ğalaba qozonadi deb öylaysiz?
– «Liverpul» kuçliroq va ular ğalaba qozonişsa kerak. Klopp hozir dunyoning eng zör murabbiyi. «Liverpul» ham öz navbatida hozir dunyoning eng yaxşi klubi deb öylayman. «Tottenhem» finalga kutilmaganda çiqdi, köpçilik «Ayaks» çiqadi deb öylagandi.
Ötkir Jalolxonov suhbatlaşdi.












