“Gitaramiz simi uzilib ketsa ham qöşiq aytişga iştiyoq bor edi. Hozir hamma şaroit bor, lekin öşa iştiyoq yöq...”
Özining samimiy va dardli taronalari bilan qisqa fursatda millionlab tinglovçilar qalbidan joy olgan xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Kun.uzʼga intervyu berdi. Qahramonimiz san’atga kirib kelişi, “oliy ma’lumotli oşiq” iborasi ortidagi alamli haqiqat, şou-biznesning ğirromliklari hamda maşhurlik olib kelgan behalovatlik haqida oçiq-oydin söz yuritdi.

“Nota bilmayman, lekin Xudo san’atkorlar qatoriga qöşib qöydi”

Jaloliddin Ahmadaliyev sahnaga ilk qadam qöygan vaqtlarida köplab tanqidlarga, hatto masxaralarga duç kelganini yaşirmadi. Maxsus musiqiy ma’lumoti yöqligi sababli atrofdagilarning “qayerda öqigan bu?”, “notani biladimi özi?” degan ta’nalari unga oğir botgan.

“Öşa gaplar emotsiyaga berilib aytilgan edi. Mana, Xudoning qudratini köring, haqiqatan savodsizman, notani bilmayman, lekin elga tanitib, san’atkorlar qatoriga qöşib qöydi. Kimgadir gaplarim qattiq ta’sir qilgan bölsa, avvalo uzr sörayman. Şoir Ğayrat aka Şeraliyev “Menga meni savodsiz demang, oliy ma’lumotli oşiqman” degan şe’r yozib bergan edi. Buning ortida katta falsafa bor”.

Xonandaning ta’kidlaşiça, ustozi Tohir Mahkamov ta’biri bilan aytganda, qobiliyat hammada ham bölişi mumkin, lekin “qabuliyat” bölmasa qiyin. Jaloliddin özidagi iqtidorni Yaratganning inoyati va xalqning qabul qilişi deb biladi.

“Gitaraga qalam boğlab kuylardik... Hozir şaroit bor, iştiyoq yöq”

Ijodkorning ta’kidlaşiça, ilk qöşiqlari heç qanday moddiy manfaat va raqobat haqida öylamasdan, beğubor tuyğular bilan yozilgan. Hozirgi kunda esa şou-biznes va töy talablari san’atkorning içki dunyosiga öz ta’sirini ötkazmay qolmayapti.

“Bir paytlar, ijodimni endi boşlaganimda, gitaramizning “kapodastr” degan moslamasiga pul topolmay, örniga qalam qöyib, pul rezinasi bilan qisib olardik. Simi uzilib ketsa ham ulab, iştiyoq bilan qöşiq qilardik. Muxlislar yaxşi körgan “Jononim” kabi qöşiqlar öşa simi uzilgan gitaralarda tuğilgan. Hozir studiya bor, xohlagan çolğu bor, hamma şaroit yetarli. Lekin öşa birinçi davrlardagi iştiyoq yöq. Hozir hamma narsa töy uçun, odamlarni öynatiş uçun bölib qoldi. Siz ham zamonga, odamlarga qarab özingizning zör narsalaringizni taşlab qöyar ekansiz”.

“Çöqqida heç narsa yöq ekan - faqat behalovatlik bor”

Sahnadagi muvaffaqiyat va maşhurlik taşqaridan jozibali köringani bilan, uning ortida katta ruhiy bosim va behalovatlik yotadi. Jaloliddin özining ijtimoiy tarmoqdagi “Meni tinç qöyinglar, çöqqiga çiqmoqçiman, u yerda nima borligini körmoqçiman” degan posti haqida ham töxtaldi.

“Öşa çöqqida narsa yöq ekan. Faqat behalovatlik, uyqusizlik va mas’uliyat bor ekan. Tunda 3-4 soatgina uxlaysiz, har kuni kimgadir berilgan va’da, kimningdir töyiga yetib boriş taşvişi. Halovat bölmasa, topayotgan pulingiz ham, muxlislar olqişi ham, minib yurgan maşinangiz ham közingizga körinmay qolarkan”.

Şuningdek, u san’atga kirgaç, mualliflik huquqlari va şe’rlardan ruxsatsiz foydalaniş ortidan kelib çiqqan sud jarayonlari, jarimalar va tortişuvlar uning jonidan ötib ketganini tan oldi.

Töy gonorarlari, soliqlar va Toşkentdagi “tugat-tugat”lar

Jaloliddin Ahmadaliyev fonogrammadan deyarli foydalanmasligini, faqat ovoz yetkaziş qiyin bölgan öta katta stadionlardagi davlat tadbirlarida istisno bölişini aytib ötdi. Şuningdek, töy hizmatlari narx-navosi va soliq tölaşdan mamnunligi haqida gapirdi.

“Toşkent şahri uçun 5 000–6 000 Aqş dollariga, uzoq viloyatlar Samarqand, Surxondaryo uçun 8 000–10 000 dollar atrofida töy xizmatlariga boraman. Şunga yaraşa soliqdan qoçmaymiz. Litsenziyamiz ham eng yuqori toifadagisi, yillik va oylik daromad soliqlarini, deklaratsiyalarni öz vaqtida tölab boramiz. Biz bergan soliqlar pensiyalarga, bolalar uyiga ketadi. Xodimlarimni ham maoş bilan ta’minlayman, bundan xursandman”, - deydi xonanda.

Bundan taşqari jonli ijroda kuylangan qöşiqlarni asosan Andijon xalqi alohida qadrlaşini aytarkan, poytaxtda xizmat mahali qöşiq avjiga çiqqanda “tugat-tugat” deyişlari san’atkorning kayfiyatiga va ruhiyatiga oğir botişini yaşirmadi.

Nega Jaloliddin Ahmadaliyev reklamalarda körinmaydi?

Köplab maşhurlardan farqli ölaroq, xonanda tijoriy reklamalardan, xususan, uy-joy va quriliş loyihalaridan mutlaqo qoçadi. Bunga sabab - muxlislar oldidagi mas’uliyat hissidir.

“Uy-joy reklamalari böyiça köp murojaat qilişadi. Faqat bir marta yaqin tanişim uy-joy qurilişini reklama qilişimni iltimos qildi, yöq deyolmadim. Juda katta narx aytib yuboraman rad etiş uçun. Çunki bu juda nozik narsa. Ertaga öşa uyning kadastri çiqmay qolsa, gazi kelmay qolsa ham odamlar “sen aytganding-ku”, deb meni aybdor qiladi. Inson hayotiga zarar keltiradigan narsalarni pul uçun heç qaçon reklama qilmayman. Lekin rostdan foydali, özimga yoqqan narsani tekinga ham yoritib berişim mumkin”.

Jaloliddin Ahmadaliyevning samimiy e’tiroflari şundan dalolat beradiki, u katta sahnaga va maşhurlikka erişgan bölsa-da, qalbidagi soddalik hamda içki qadriyatlarini saqlab qolişga harakat qilmoqda. Çöqqidagi behalovatlik, ketma-ket töy xizmatlari va şou-biznesning yozilmagan qoidalari orasida u hali ham öz halovatini hamda ilk yillardagi haqiqiy ijodiy iştiyoqini izlamoqda. Millionlab tinglovçilar esa xonandadan faqat töybop taronalarni emas, balki aynan öşa qalb tubidan otilib çiqqan, dardli va samimiy qöşiqlarning davomini kutib qoladi.