Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uçun tanlovni ötkaziş va ğoliblarni taqdirlaş tartibiga jiddiy özgartirişlar kiritilişi kutilmoqda. Bu haqda Xotin-qizlar qömitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining navbatdan taşqari yiğilişida ma'lum qilindi.

Avvalroq, Kun.uz saytida «E'tirozlar va yana e'tirozlar: «Zulfiya»  tanloviga oçiqlik prinsipi begonami?»  nomli maqola e'lon qilingan edi. Unda tanlovning ötkazilişidagi adolat va oçiqlik prinsipi, mukofotga sazovor bölayotganlarning çindan ham unga loyiqligi, laureatlarga berilayotgan imtiyozlar masalasi atrofidagi e'tirozlar va takliflar bayon qilingan edi.

Yiğilişda komissiya a'zolari tomonidan mazkur maqolada bildirilgan e'tirozlar va takliflar örganilib, asoslilik nuqtai nazaridan muhokama etildi.

«Tanlovning ötkaziliş tartibi xalqda noroziliklarni keltirib çiqaryaptimi,çindan ham ordenni qölga kiritgandan keyin laureatlarni yöqotib qöyyapmizmi, demak, mukofot uçun nomzodlarni saralaş tartibini jiddiy asosda körib çiqişimiz lozim» , – deydi yiğilişda iştirok etgan Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva.

«Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qölga kiritişdan asosiy maqsad oliy öquv yurtiga imtihonsiz, davlat budjeti asosida öqişga qabul qiliş imtiyozi bölib qolmoqda. Tanlovning motivatsiyasini körib çiqişimiz kerak» , – deya ta'kidladi tanlov komissiyasi a'zosi, senator Iqbol Mirzo.

Komissiya yiğilişida mukofotga nomzodlar uçun belgilangan yoş körsatkiçini yönalişidan kelib çiqqan holda qayta belgilaş, ularni tanlab olişning konkret mezonlarini işlab çiqiş, nomzoddan talab etiladigan hujjatlar röyxatini qisqartiriş, tanlovning ötkaziliş jarayonining oçiq tarzda olib boriş, ğoliblarga beriladigan imtiyoz va sovğalarni qayta körib çiqiş masalasi muhokama qilindi. Joriy yilning sentabr oyiga qadar nizomda özgarişlar bölişi kutilmoqda.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti töğrisida Nizom 1999 yilda Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan bölib, unga köra, bu mukofot ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport va jamoatçilik faoliyatida alohida yutuqlarga erişgan 14 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan iqtidorli qizlarga sönggi ikki yildagi faoliyati va yutuqlarni inobatga olgan holda beriladi. 

Mukofotga har yili Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan ikki nafardan talabgor loyiq köriladi. Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan körib çiqiladi. Mukofotni berişga doir takliflar töğrisidagi qaror komissiya tarkibining kamida uçdan ikki qismi iştirokida, yaşirin ovoz beriş orqali köpçilik ovoz bilan qabul qilinadi va Prezident Administratsiyasiga taqdim etiladi.