1 iyun kuni soat 18:00 holatiga Prezident maktablariga jami 786 nafar nomzod hujjat topşirdi. Bu haqda Prezident maktablari rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lumot berilişiça, ulardan 394 nafari Xiva şahridagi Prezident maktabi uçun bölsa, yana 187 nafar nomzod Toşkentda, 106 nafar nomzod Namanganda va 99 nafari Nukus şahrida öqiş istagini bildirgan.

Hujjat topşirgan nomzodlarning 397 nafari öğil bola va 389 nafari qiz bolalardan iborat.

Prezident maktabiga hujjat topşirgan nomzodlarning umumiy soni birinçi qabul kuni yuzasidan sinflar kesimida quyidagiça taqsimotni taşkil etdi:

326 nafari 4-sinf;
161 nafari 5-sinf;
127 nafari 6-sinf;
87 nafari 7-sinf;
83 nafari 8-sinf;
2 nafari 9-sinf.

Şu bilan birga, 719 nafar nomzodning hujjatlari qabul qilingan bölsa, 37 nafar nomzodning hujjatlaridagi kamçiliklari uçun röyxatga olinmadi. Qolgan hujjatlar hozirda körib çiqilmoqda.

Toşkent, Nukus, Xiva va Namangan şaharlarida 2019-2020 öquv yilida oçiladigan Prezident maktablariga hujjat qabul qiliş pm.xtv.uz sayti orqali ham amalga oşiriladi. Sayt orqali har kuni va 24 soat davomida navbatsiz hujjatlarni internet orqali topşiriş mumkin.

Eslatib ötamiz, Prezident maktablariga hujjat qabul qiliş 1 iyundan boşlandi.