Vakant örinlarga qabul böyiça abituriyentlarni qiziqtirayotgan asosiy savollarga javob berildi.

Kimlar vakant örinlarga hujjat topşira oladi?

Kiriş imtihonlarida iştirok etib, 56,7 va undan yuqori ball töplagan, ammo öqişga kira olmagan abituriyentlar böş qolgan örinlar uçun hujjat topşirişi mumkin.

Şuningdek, qabulning tanlov bosqiçida oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yönalişini tanlamagan abituriyentlarga ham vakant örinlar uçun ariza beriş imkoniyati berilgan.

5 tagaça yönaliş tanlaş mumkin

Abituriyent özining fanlar majmuasiga mos taʼlim yönalişlarida böş örinlar mavjud bölsa, 5 tagaça yönaliş va oliy taʼlim muassasasini tanlaşi mumkin.

Bunda kunduzgi, keçki yoki masofaviy taʼlim şakllaridan birini tanlaş imkoniyati mavjud.

Ariza qayerdan beriladi?

Vakant örinlar uçun ariza Bilim va malakalarni baholaş agentligining şaxsiy kabineti orqali topşiriladi.

Abituriyent şaxsiy kabinetidagi «Vakant örinlar uçun ariza beriş» bölimi orqali tanlovda iştirok etişi mumkin.

Grant emas, bazaviy kontrakt asosida qabul qilinadi

Vakant örinlar uçun röyxatdan ötgan abituriyentlar töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda saralanadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli ötganlar bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi. Yaʼni uşbu vakant örinlarga qabul davlat granti asosida emas.

Arizalar 28-avgustgaça qabul qilinadi

Vakant örinlar uçun ariza beriş jarayoni 22-avgustdan 28-avgustgaça davom etadi.

Qabul yakunlanganidan söng bir hafta içida tanlov natijalari - mandat eʼlon qilinişi belgilangan.

Nega ayrim yönalişlarda vakant örin yöq?

Agar abituriyent tanlamoqçi bölgan yönaliş tizimda körinmasa, bu yönaliş böyiça belgilangan qabul kvotasi tölgan bölişi mumkin.

Qöşimça qabul barça taʼlim yönalişlariga emas, faqat qabul parametrlari tölmay qolgan vakant örinlarga amalga oşiriladi.