Ikkinçi va undan keyingi oliy ta’lim oliş istagida bölgan fuqarolar arizalarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn şaklda topşiradi.
Ariza beriş jarayonida nomzod pasport va JŞŞIR ma’lumotlarini kiritişi, diplom hamda uning ilovasining elektron nusxasini yuklaşi lozim.
Şuningdek, öqiş istagida bölgan oliy ta’lim muassasasi va tegişli ta’lim yönalişi tanlanadi.
Ikkinçi va undan keyingi oliy ta’lim töliq tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Ikkinçi mutaxassislik böyiça qabul kvotalari har bir oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib çiqqan holda belgilanadi. Qabul parametrlarini OTM kengaşi mustaqil ravişda tasdiqlaydi.
Ikkinçi va undan keyingi oliy ta’limga qabul natijalari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar e’lon qilinadi.












