Hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 578-son qarorga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Yangi tartibga köra, kiriş imtihonlarida iştirok etib, belgilangan minimal ballni töplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant örinlar qolgan ta’lim yönalişlariga tanlovda iştirok etişi mumkin.
Imtihon natijalari e’lon qilinganidan bir hafta ötgaç, abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant yönalişlarga röyxatdan ötiş uçun bir hafta vaqt beriladi.
Böş örinlarga qabul abituriyentlar töplagan ballar ketma-ketligi, ya’ni reytingga qat’iy rioya qilingan holda amalga oşiriladi. Talabalikka tavsiya etilganlar bazaviy tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.
Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan şakllantirilgan qaydnomalar esa oliy ta’lim taşkilotlarida qabul böyiça tegişli buyruqlarni rasmiylaştiriş uçun asos böladi.
Şuningdek, qabul tartibining 74-bandiga ham özgartirişlar kiritilgan. Avval Davlat komissiyasi vakolatiga kirgan ayrim qarorlarni qabul qiliş vakolati endilikda oliy ta’lim taşkiloti rektori yoki direktoriga ötkazilgan.












