Islom davlatlari Şarqiy Quddusning tarixiy va huquqiy maqomi har qanday tarzda özgartirilişini rad etadi. Bu haqda Saudiya qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud Islom hamkorlik taşkiloti sammitining oçiliş marosimida ma'lum qildi.
"Falastin mavzusi taşkilot va uning a'zolari uçun falastinliklar huquqi ta'minlanmaguniga qadar asosiy mavzu bölib qoladi. Biz Şarqiy Quddusning tarixiy va huquqiy maqomiga daxldor har qanday çorani rad etamiz", dedi u.
57 davlat va hukumat rahbarlari iştirok etayotgan sammitni oçar ekan, Saudiya qiroli barçani terrorizm va uni moliyalaştirayotganlarga qarşi kuraşişga çaqirdi.
Makkada iş boşlagan mazkur sammit kun tartibidan AQŞ tayyorlayotgan "asr kelişuvi", Suriya, Yaman va Liviyadagi vaziyat, Sudan va Jazoirdagi ötiş davri, turli mamlakatlardagi islomofobiya hamda Myanmadagi rohinjalar masalalari örin olgan.
Iştirokçilar şuningdek, Eron masalasini ham muhokama qilişadi.












