“Tafakkur qilmaysizmi?..” körsatuvining galdagi, uçinçi sonida Alloh taoloning öz maxluqotlariga in'om etgan ulkan ne'mati – suv haqida söz boradi.
Ulamolarning fikriça, şukr iymonning yarmidir. Hatto aytiladiki, şukr iymonning hammasi. Sababi, sabr qilişlikka qodir qilgani uçun ham şukr qilişimiz kerak. Şukrimizning özi şukrga muhtoj. Şukrning uçta rukni bor ekan. Birinçisi, qalb şukri. Ikkinçisi, til bilan şukr qilişlik. Uçinçisi, tana a'zolari bilan şukr qilişlikdir.
Qalb bilan şukr qilişlik deganida, insonga hayoti davomida keladigan jamiki narsalar Alloh tomonidan berilganligini va bularning hammasi ne'mat ekanligini qalban his qilişlik, bu qalb şukri deyilar ekan. Qalbda sobit bölgan har qanday narsa tilga çiqadi. Şu sabab qalbdagini tilga köçirib, Allohga şukr deyişlik, til şukri deyilar ekan. Uçinçi ruknga keladigan bölsak, mana şu ne'matlarni Alloh rozi böladigan öringa sarf qilişlikka aytiladi.
Alloh taoloning maxluqotlari va mavjudotlari haqida tafakkur qilişlik, bizni ne'matlarning içida kömilib yaşayotganligimizni his qilişimizga yordam berar ekan. Va bu öz örnida şukrning hosil bölişiga kömaklaşar ekan. Allohning ana şunday ne'matlaridan biri – bu suvdir.
Suv – kundalik hayotimizda eng odatiy bölgan narsalardan biri. Uni har kuni iste'mol qilamiz, tanamizdagi barça hujayralar u bilan oziqlanadi, u bilan quvvatlanadi. Dunyodagi barça mavjudotlar suvdan yaralgan, mana şu suvdan iborat va u bilan tirik. Ma'lumki, barça tirik mavjudotlar hujayralardan taşkil topgan. Biologiya fanidan bizga ma'lumki, hujayraning 80 foiz asosiy moddasi – suv deb ta'riflanadi. Barça tirik narsalarning suvdan iboratligi faqatgina mikroskop ixtiro qilingandan keyin ma'lum bölgan.
Suvsiz hayot yöqligini hamma biladi, lekin tafakkur qilib körganmizmi, u xonadonimizga qaysi jarayonlardan ötib keldi? Quyoş dengiz suvini öz nuri ila qizdiradi. Va dengizning sathidagi suv buğlanib osmonga kötariladi. Ya'ni, şamol suvni osmonga kötarib, bulutga urçitadi. (Qur'oni karimda ayni “urçitiş” sözi işlatilgan). Şundan söng bulutlar suvga tölib oğirlaşadi va şamol uni kerakli joyga haydaydi hamda u yerga yomğir bölib quyiladi.

Suv ölik bölgan yerga tuşganidan keyin, tuproq harakatga kelişni boşlaydi. undan turli xil ösimliklar çiqişni boşlaydi, mevalar unadi. Osmondan tuşayotgan suv bir xil, ammo mevalarning ta'mi har xil. Ayrimlari şirin, ayrimlari aççiq.
Zamonaviy olim va mutaxassislarning fikriça, suv haqidagi topilmalarning eng kattasi – uning xotirasi borligining aniqlanişidir. Ya'ni, suv ma'lumot yoziş xususiyatiga ega. Körgan, eşitgan va hatto hissiyotlarni özida aks ettiradi. Suvning oldida biror mudhiş hodisa yuz bersa, bularning bari uning xotirasiga yozilar ekan. Bu suv tarkibidagi molekulalarning özgarişi bilan aks etadi.
Körsatuvning mazkur sonida suvning biz bilmagan xususiyatlari, uning ulkan ne'mat ekanligini isbotlovçi bir qança muşohadalar, şu bilan birga, qiziqarli faktlar haqida söz yuritiladi.










