Ramazon Hayiti mömin-musulmonlarning eng muqaddas bayramlaridan biri hisoblanadi. Tabiiyki, bu kunning alohida odoblari bölib, uni amalga oşiriş uşbu muborak kunni e'zozlaş, hurmatini joyiga qöyişga sabab böladi. Muslim.uz saytida Toşkent Islom instituti öqituvçisi Abdulqodir Abdur Rahim muallifligida e'lon qilingan maqolada aynan mana şu odoblar haqida söz boradi.
Birinçi odob: Yaxşi niyat qiliş
Musulmon kişi barça işlarida bölgani singari Hayit bayramlarida bajaradigan barça işlarini ham yaxşi niyatlar bilan ado etişi lozim. Masalan, hayit namoziga otlanar ekan zimmasidagi vojib amalni ado etişni niyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning körsatmalarini bajariş niyati bilan yaxşi kiyimlarini kiyib çiqadi, silai rahm niyati bilan qavmu-qarindoşlarini ziyorat qilişga harakat qiladi va hokazo barça amallarida ezgu niyat qilinadigan bölsa, xursandçiliklardan taşqari, köplab ajr-u mukofotlarga ham ega böladi.
Ikkinçi odob: Ğusl qiliş
Hayit bayramiga tayyorgarliklardan biri namozgohga ğusl qilib, toza-ozoda bölib çiqiş hisoblanadi. Uşbu odobga rioya qiliş tufayli boşqalarning undan aziyat çekişlarining oldi olingan böladi.
Uçinçi odob: Xuşböylaniş
Yuvinib, toza-ozoda bölganidan söng şirin muşk va atirlar bilan xuşböylanib çiqiş ham bu kunning odoblaridan sanaladi.
Törtinçi odob: Yaxşi kiyimlar kiyiş
Hayit kunida imkoni bor kişi yangi kiyim kiyişi mustahab böladi. Çunki bu iş Alloh taoloning bandasiga bergan ne'matlarini izhor etiş, şodu-xurramligini namoyon qilişdir. Uluğ zotlarning hayit bayramlarida eng yaxşi kiyimlarini kiyganlari ma'lum va maşhurdir.
Beşinçi odob: Ramazon hayitida namozdan oldin “sadaqai fitr”ni ado etiş
“Sadaqai fitr” rözadan çiqiş munosabati bilan beriladigan sadaqa hisoblanadi. Bu moliyaviy ibodat şariatimizda rözadorning rözasi komil bölişiga xalal beradigan turli behuda gap-söz va xatti-harakatlardan poklaş hamda miskinlarga taom böliş ma'nosida joriy qilingan.
Hanafiy mazhabiga köra “iydu fitr” kuni tongi otişi bilan “sadaqai fitr”ni beriş vojib böladi. Ammo undan oldin Ramazonning avvalgi kunlarida beriş ham joiz hisoblanadi. “Sadaqai fitr”ni beriş tufayli kambağallarning xonadonlariga ham xursandçilik ulaşilgan böladi.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini insonlar namozga çiqişlaridan oldin ado etilişiga amr qilganlar”. Muslim rivoyat qilgan.
Oltinçi odob: Ramazon hayitida namozga çiqişdan oldin bir neçta xurmo yeb oliş
Ramazon hayiti bayramida namozgohga çiqiş oldidan biror şirinlik tanovul qiliş sunnat hisoblanadi. Bu haqida şunday xabar berilgan:
Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam oğiz oçiş kunida (Ramazon hayitida) taomlanmasdan çiqmasdilar, qurbonlik kunida esa namoz öqigunlariça taomlanmasdilar”. Termiziy rivoyat qilgan.
Boşqa bir rivoyatda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning taomlanib çiqişlari qanday bölgani bayon qilingan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oğiz oçiş kunida (Ramazon hayitida) bir neçta xurmo yemasdan (namozgohga) çiqmasdilar”. Buxoriy rivoyat qilgan.
Şunga köra, Ramazon hayti kuni ertalab namozgohga çiqiş oldidan bir neçta xurmo yeb oliş sunnat hisoblanadi. Hadisi şariflarda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xurmodan toq yeb çiqişlari ham rivoyat qilingan.
Yettinçi odob: Qurbon hayitida qurbonlik qilişdan oldin heç narsa yemaslik
Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi ölaroq to hayit namozini ado etilguniça taomlanmaslik, balki söygan qurbonligining göştidan yeyişi sunnat hisoblanadi. Bu haqida şunday xabar berilgan:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kunida namoz öqigunlariça taomlanmasdilar. Termiziy rivoyat qilgan.
Sakkizinçi odob: Hayit namoziga erta boriş
Barro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xutba qilayotib şunday deganlarini eşitganman: albatta uşbu kunimizda avval boşlaydigan narsamiz namoz öqişimizdir, söngra qaytib qurbonlik qilişimizdir, kimki şunday qilgan bölsa, albatta bizning sunnatimizni topibdi”. Buxoriy rivoyat qilgan.
Uşbu hadis hayit kunida dastlab namozga çiqiş uçun tayyorgarlik köriş va unga erta boriş lozimligiga dalolat qiladi.
Töqqizinçi odob: Masjidga piyoda yurib boriş
Hayit kuni agar kasallik, uzoqlik va qoru-yomğir singari biror uzr bölmasa namozgohga piyoda yurib boriş sunnat hisoblanadi. Bizning hanafiya mazhabimizda ayollarning hayit namozlariga çiqişlari makruh sanaladi.
Öninçi odob: Masjidga borguniça ovozini çiqarib tahlil va takbir aytib boriş
Hayit namozini öqiş uçun uydan çiqilgan paytdan to namozgohga yetib borgunça “La ilaha illalloh” va “Allohu akbar” larni aytib boriş ham sunnat hisoblanadi. Uşbu sunnatni ado etiş Islom şiorini izhor qiliş va hayit bayrami kelganidan şodlaniş ifodasi, hamda uşbu kunning oldingi va keyingi kunlardan farqli kun ekanini barça insonlarga bildiriş hisoblanadi.
Ön birinçi odob: Hayit namozidan oldin boşqa biror nafl namoz öqimaslik
Hayit namozgohiga yetib borgandan söng tahiyyatul masjid yoki boşqa biror nafl namoz öqimasdan tahlil va takbirlar aytib zikr qilib ötiriş sunnat hisoblanadi. Bu haqida şunday xabar berilgan:
Abu Sa'iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iyddan oldin heç narsa öqimas edilar, qaçon manzillariga qaytsalar ikki rakaat namoz öqirdilar”. Ibn Moja rivoyat qilgan.
Ön ikkinçi odob: Bir-birlari bilan körişib, hayit bilan muborakbod etiş
Insonlarning bir-birlari bilan körişişlari va hayit bayrami bilan qutlaşlari ham barçaning köngliga xursandçilik ulaşadigan bu kunning odoblaridan hisoblanadi. Hayit kunida bir-birlarini tabriklaş ma'nosida öqiladigan muayyan duo bölmasa ham, “Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin” ma'nosidagi tilaklar bildiriş yaxşi sanaladi.
Ön uçinçi odob: Masjiddan uyiga qaytişda boşqa yöldan qaytiş
Hayit kunida namozgohdan uyiga qaytişda borgan yölidan boşqa yöldan qaytiş ham sunnat hisoblanadi. Bu haqida şunday xabar berilgan:
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaçon iyd kuni bölsa yölni farqli qilardilar. Buxoriy rivoyati.
Uşbu sunnatga amal qilişning köplab foydalari bordir. Avvalo namozga borib kelişdagi bosgan qadamlari köpayadi. Natijada savoblari ham öşança köpayadi. Qolaversa boşqa yöldan qaytişda yanada köproq insonlarga xursandçilik izhor qiliş va ularni hayit bilan qutlaş imkoniyati ham oşadi. Eng muhimi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilgan böladi.
Ön törtinçi odob: Qavmu qarindoşlarni ziyorat qiliş
Aslida qavmu-qarindoşlarning holidan xabar oliş barça vaqtda ham musulmon kişining zimmasidagi vazifalardan hisoblanadi. Hayit kunlaridek xursandçilik kunlarida esa bu vazifa yana ta'kidlab eslatib qöyilgan. Bu ham dinimizning gözalligidan hisoblanadi. Qavmu-qarindoşlar ziyorat qilinganda hayitdagi umumiy xursandçiliklar doirasi kengayadi, ularga sovğalar ham ulaşiladigan bölsa özaro mehr-muhabbat riştalari mustahkamlanib şodu-xurramliklar yanada ziyoda böladi.
Ön beşinçi odob: Qöni-qöşnilarni bayram bilan tabriklaş
Hayit munosabati bilan qöni-qöşnilarga taom ulaşiş va ularni ziyorat qiliş ham hayit xursandçiliklarini yanada ziyoda bölişiga sabab böladigan amallardan hisoblanadi.
Ön oltinçi odob: Yoş bolalarni xursand qiliş
Hayit bayramida yoş bolalarni xursand qilişga, bu kunning boşqa kunlardan farqli musulmonlarning bayrami ekanini anglatişga ham alohida e'tibor qaratiş lozim. Bunda ularga hayitlik sovğalar ulaşiş, hayvonot boğlariga yoki öyingohlarga olib borib öynatib keliş maqsadga muvofiq böladi. Hayit bayramining şodliklaridan ehtiyojmand oilalarning farzandlarini ham bahramand qilişga uriniş komil musulmonning belgilaridan hisoblanadi.
Ön yettinçi odob: Turli isrofgarçiliklardan tiyiliş
Hayit bayramida xursandçilik qilayotgan musulmon şariatda ma'n qilingan işlar bilan xursandçilik qilinmasligini aslo unutmasligi lozim. Şunga köra göyo “hayitda ruxsat” degandek turli noşar'iy öyin-kulgularga maşğul bölayotganlar yoki aksinça şariat bayram qilib belgilagan kunni azaga aylantirib olayotganlar uşbu uluğ kunda şariatga zid işlarni sodir etayotgan böladilar. Zero hayit kuni ham musulmon kişining boşqa kunlari singari yaxşilik va xayr-baraka kuni bölişi, gunoh va ma'siyatlar sodir etadigan kun bölmasligi kerak.











