«Barça zamonlarda ham oila jamiyatning asosi bölib qolaveradi» , degan edi fransuz adibi Onore de Balzak. Aynan şuning uçun ham bu mavzu heç qaçon eskirmaydi. Oila mustahkamligi va ajrimlarning oldini oliş töğrisida köp va xöp yozilgan, bahs maydonlari taşkil etilgan. Bu tuşunçaning, uning atrofida jamlangan qadriyatlarning muqaddasligi köp bora ta'kidlangan. Kezi kelganda, oila mustahkamligi davlat siyosati darajasiga olib çiqilganini ham e'tirof etiş örinli. Bu masala bilan alohida idoralar ham şuğullanadi. Ammo, şunga qaramay, oilalar farovonligi, ajrimlar soni, qiyin şaroitdagi oilalarda bolalar tarbiyasi hanuzgaça oğriqlilik böyiça öz örnini bermasdan kelyapti.
AQŞda birinçi turmuşdan ajraşgan 42 foiz juftlikning keyingi turmuşida ham mustahkam oila asoslari qurilmayapti. Markaziy Osiyoda esa vaziyat bundan ham çigallaşmoqda. Muammoni hal etiş uçun qanday harakatlar amalga oşirilyaptiyu, ularning samaradorlik koeffitsiyenti qançalik?
Yoşlar ittifoqi tomonidan ötkazilayotgan tadbirlar. Joriy yilda may oyi Yoşlar ittifoqi tizimida yoş oilalar bilan işlaş oyligi deb e'lon qilindi. Unga köra, yoşlarni oilaga tayyorlaş, soğlom oila muhitini tarğib qiliş, yoş oilalar örtasida ajrimlar, erta tuğruq va erta turmuşning oldini oliş kabi vazifalar belgilangan. Xususan, «Yurist va psixolog masalahatxonalari» iş olib bordi, «Biz soğlom oilamiz» şiori ostida oilaviy yuriş va yuguriş marafonlari taşkillaştirildi, «Soğlom oila ─ işonçli kelajak» şiori ostida salomatlik kunlari taşkil etildi, «Oilamga kitob bilan» şiori ostida kitob körgazmalari va yarmarkalari ötkazildi, bepul teatr dasturlari, bepul tibbiy körik, bayram dasturlari ötkazildi.
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining faoliyati. Markaz tomonidan taşkil etilayotgan «Oila mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritilişining dolzarb masalalari» nomli konferensiyada hozirgi zamon jurnalistikasi oila masalalarini talab darajasida yoritmayotgani haqida söz borgandi. Konferensiyaning xulosasi: OAVning fokusi faqatgina nobop oilalarni körsatişga qaratilgan va bu tuşkunlik kayfiyatini keltirib çiqaradi, namunali oilalarni körsatişga köproq e'tibor qaratiş kerak.
Yaraştiruv komissiyalari. Oilada nizo kelib çiqib, ajrim yoqasiga kelganda tajribali şaxslar, mutaxassislarning oraga tuşib, nizoni bartaraf etişga kömaklaşişi, ikki tomonni yaraştirib qöyişi yaxşi, albatta. Suddan oldingi yaraştiruv jarayoni (mediatsiya) huquq olamida ham mavjud amaliyot.
Bularning hammasi yaxşi, albatta. Ammo oila xususida gap ketganda bepul teatr va kitob aksiyasidan ham köra muhimroq çoralarni talab etuvçi masalalar borligini unutmaslik lozim. Bir oyda Yoşlar ittifoqi 550ta tarğibot tadbirini ötkaziş uçun sarflagan vaqt va mehnatning ozginasi haqiqatdan real kömakka qaratilganda maqsadga köproq muvofiq kelardi. «Nomaqbul oila» ga bepul teatr yoki bir qöltiq kitob emas, çin ma'nodagi amaliy, «nazariylaştirilmagan» amaliy yordam kerak.
Ammo nega OAV öz fokusini özgartiriş kerak? U jamiyatda bor narsani körsatadigan közgu-ku, nega öz aksidan köngli tölmayotgan jamiyat yuzini buriştiryapti? Körgan tasviridan köngli tölmay, közguni ayblaşga, uni etak bilan yopişga intilyapti? Nobop oilalar haqida gapirilyapti, körsatilyaptimi, demak, ular bor va oz emas. Bolalari sarson, er va xotir qirpiçoq, barbodlik yoqasidagi oilalar mavjudligiga köz yumiş mumkin emas, ayniqsa jurnalist.
Birgina misol. Yaqinda Kun.uzʼda «Mardikor ayol ─ darbadar ayol» sarlavhasi bilan maqola va video e'lon qilingan edi. Unda oilaviy şaroiti öta açinarli holatga kelib qolgan, erning noşudligi, farzandining xastaligi, qaynonaning oqibatsizligi bois mardikorlik bilan kun keçirayotgan ayol taqdiri yoritilgan. Ayolning gaplarini eşitgaç odamning hayotdan hafsalasi pir böladi. Undan ham açinarlisi, bunga öxşaş taqdirlar yaqin joyda istalgança topiladi...
Komissiyalarning aralaşuvi har doim ham köringan natijaga ega bölmasligi mumkin. Komissiyaning aralaşuvi natijasida qonuniy ajrimdan voz keçib, «yaraşib» , ammo amalda alohida yaşayotgan, nikohsiz yaşayotgan oilalar ham yöq emas. Bu qonuniy ajraşişdan ham köra yomonroq oqibatlarga olib kelişi mumkin. Qonuniy harakat amalga oşmagani bois ham qarovsiz qolgan ona va farzandlar masalasi, mol-mulk taqsimoti, aliment kabilar muammoga aylanadi.
Oilalar farovonligi böyiça olib borilayotgan işlar va ularning samaradorligi xususida turli soha mutaxassislarining fikri bilan qiziqdik.
Akramxon Yusufzoda, huquqşunos:
─ Oila faqatgina ijtimoiy masala emas. Uning çin ma'nodagi farovonligini ta'minlaş uçun konseptual yondaşuv kerak. Faqatgina «Oila» markazi, mahallalar emas, huquqiy maqomga ega organlarni ham kuzatuvçi emas, real iştirokçi sifatida jarayonga jalb etiş lozim. Menimça, nikoh şartnomasi masalasi jiddiy körib çiqilmas ekan, oilalar mustahkamligini ta'minlaş böyiça olib boriladigan siyosat samara bermaydi. Yangi oila qurilayotganida nikoh şartnomasining majburiy tartibda tuzilişi hamda uning nikoh davrida ham, ajrim holati yuzaga kelganda ham real amal qilişi mexanizmi işlaşi kerak. Şunda erkak tomon ham, ayol tomon ham ajrim masalasiga jiddiyroq qaraydi. Bu masalaning özbek jamiyatida körilmaydigan yana bir jihati ham bor. Ozmi, köpmi miqdordagi ajrimlar bölişi tabiiy hol. Şu bois vaziyatni töğri baholagan holda, ajrimdan keyingi jarayonni ham nazardan qoçirmaslik lozim. Ona va bola bilan bir qatorda otaning (köpinça ularni asosiy aybdorga çiqarib qöyib, huquqlari töğrisida mutlaqo qiziqmaymiz)manfaatlari ham tegişliça himoya qilinişi kerak.
Xurşida Sotiboldiyeva, sotsiolog:
─ Oila masalasi bugun paydo bölmagan va ertaga hal bölib qoladigan masala emas. Oiladagi notinçliklar, ajrimlar, oğir şaroitdagi bolalar tarbiyasi alohida paydo bölib, ildiz otadigan muammolar emas. Ular aksariyat hollarda jamiyatdagi boşqa, yirikroq kölamdagi masalalar negizida paydo böladi, ulardan «oziqlanib» , yetiladi va oğriqli yaraga aylanadi.
Misol uçun, bizning jamiyatda migratsiya, iqtisodiy ta'minlanganlik darajasining pastligi, oilaviy munosabatlarga daxldor huquqiy mexanizmlarning nosoz holdaligi, işsizlik kabi iqtisodiy va huquqiy tizim muammolari ham oilaga öz ta'sirini körsatadi.
Jamiyatning har bir a'zosi oilada kun keçiradi, demakki, har qanday muammoni oila «gubka» singari şimadi, «oğirlaşib» boraveradi. Oddiygina uy oldidan ötgan yölning nosozligi va yoki doimiy çiroq öçişi ham oiladagi muhitni salbiy ma'noda taranglaştirişi heç gap emas. Yaraştiruv komissiyalarining faoliyati haqida ham öylab köriş kerak, nasihat qilib, ikki tomonni yaraştirib qöygan bilan ziddiyatga sabab bölgan muammo hal etilmasa, u özi haqida bir kun kelib yana eslatadi.
Umid Berdiyorov, psixolog:
─ Oila mustahkamligi faqatgina qadriyatlarga emas, huquqiy va iqtisodiy omillarga ham boğliq ravişda paydo böladi.
Öta zör hurmat va işonç bölgan oilada ham minimal darajadagi oylik maoşga kun körilsa, bir kunmas bir kun muammo yuzaga kelişi tabiiy. Şu bois oila farovonligi uçun mas'ul hisoblangan idoralar içki faktorlarning emas, taşqi ta'sir kanallarining sozligini ta'minlaşlari kerak. Şuningdek, oilaviy muammolarni hal etişda umumiy şablon yondaşuv naf bermaydi. Har bir oilaning muammosi va muhiti öziga xosligini inobatga oliş lozim. Falon oila yaxşi yaşayapti-ku deb ibrat körsatiş, soliştiriş har doim ham töğri kelmaydi.Oilaga individual asosdagi yordam kerak.
Köça-köyda mardikorlik qilib kun körayotgan erkak-ayol, ötgan-ketganga «vlajnyy salfetka oling» deb möltiraydigan bolalar qança bölsa, «nobop oilalar» ham şunça. Asosiy e'tibor qarab qolayotan namunali oilalarning madaniy hordiq çiqarişi-yu, boşqalarga ibrat bölişidan köra, «nobop» oilalarga real yordam körsatiş masalasi köproq öylantirişi kerak, nazarimizda. Bir butun ulkan mexanizm bölgan jamiyatning soz, bir maromda işlayotgan murvatlarini moylaş, ularga vitamin berişdan avval nosoz holatda bölganlarini ta'mirlaş, patos boylayotgan yaralarga oğriq qoldiruvçi beriş muhimroqdir.
Saodat Abdurahmonova












