Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan aloqalar yöqligini unga bu borada Kiyevdan takliflar tuşmagani bilan tuşuntirdi. Putin bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yiğilişida aytib ötdi.

Putin ukrainalik hamkasbini prezident lavozimiga saylangani bilan tabriklamaganini Zelenskiyning Rossiyaga nisbatan nodöstona sözlar aytişi bilan tuşuntirgan. “U hanuzgaça muayyan nutqni davom ettirmoqda, bizni duşmanlar, agressorlar deb atamoqda. U nimaga erişişi, qilişi borasida bir töxtamga kelişi lozim”, deb aytgan Putin.

Putin Zelenskiy bilan aloqalardan boş tortmasligini qöşimça qilgan.

“Men rad etdimmi? Menga umuman heç kim buni taklif qilmadi”, deb davom ettirgan sözlarini Rossiya yetakçisi.

“Men bu odamni bilmayman, umid qilamanki, qaçondir u bilan tanişamiz. Körinişiça, u avval işlagan sohasida yaxşi mutaxassis, u yaxşi aktyor. Biroq kimnidir öynaş boşqa-yu, kimdir böliş boşqa”, deb aytgan Putin.

Rossiya prezidentining aytişiça, Zelenskiy bir qiyofadan boşqasiga kiriş iste'dodiga ega, biroq Ukrainaning yangi prezidenti siyosatçiga xos sifatlarni hali namoyiş qilmadi.

“Biz uning özaro teskari gaplarni aytayotgani körmoqdamiz: saylovoldi kampaniyasi vaqtida boşqa, saylovlardan keyin esa boşqa gaplar. Men u heç narsa qilmay turib, öz sözlari bilan barçasini rasvo qildi, deb aytmayapman. Yaşasak, köraveramiz”, deb ta'kidlab ötgan Putin.