Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent şahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “Özkimyosanoat” AJ va “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toşkent şahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:

respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etişga qodir bölgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq tayyorlaş;

nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialşunoslik va materiallarni korroziyadan saqlaş, materiallarga badiiy işlov beriş texnologiyasi va sanoat işlab çiqarişining boşqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boriş;

ta'lim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izçilligi, şuningdek, ularni jahon ta'limi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qiliş hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;

muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va modernizatsiya qilişga yönaltirilgan yangi ta'lim dasturlari hamda öqitiş şakllarini işlab çiqiş va tatbiq etiş;

ta'lim, ilm-fan va işlab çiqarişning yaqin integratsiyalaşuvi uçun şart-şaroitlar yaratiş;

ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, pedagogik texnologiyalar va öqitiş usullarini faol takomillaştiriş;

ta'lim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakçi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantiriş va mustahkamlaş.

Belgilanişiça:

Filial Universitetning alohida tarkibiy bölinmasi – oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi;

Filial, Universitet bilan kelişgan holda, ta'limning bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklarining kadrlarga bölgan ehtiyojini hisobga olib, barça darajalardagi mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş, şu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaş işlarini amalga oşiradi;

Filialda öqitiş rus tilida, Rossiya Federatsiyasining federal ta'lim standartlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan öquv rejalari va dasturlar asosida amalga oşiriladi;

Filialning ta'lim faoliyati 2019/2020 öquv yilidan boşlanadi;

Filialga abituriyentlarni qabul qiliş, ta'lim faoliyati va Filial bitiruvçilarini attestatsiyadan ötkaziş Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oşiriladi;

Filial bitiruvçilariga öqişni bitirganlaridan söng Özbekiston Respublikasida oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Belgilab qöyilişiça:

a) Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegişli kadrlarga bölgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda, Filial Vasiylik kengaşining qarori bilan tasdiqlanadi;

davlat granti asosida ta'lim olgan Filial bitiruvçilarirespublika taşkilotlariga beş yildan kam bölmagan muddatga majburiy işlab beriş şarti bilan işga taqsimlanadi;

b) Filial faoliyatini moliyalaştiriş:

talabalarni davlat grantlari böyiça öqitiş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga ajratiladigan Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan, biroq Filialga öqişga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq bölmagan miqdorda;

talabalarni tölov-kontrakt asosida öqitişdan tuşadigan mablağlar;

Vasiylik kengaşi qarorlari asosida şakllantiriladigan pul mablağlari, yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;

xalqaro moliya institutlari grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.

Filial Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylaşgan Mirzo Uluğbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.

Belgilab qöyilişiça, Mirzo Uluğbek sanoat kasb-hunar kolleji öquvçilari öquv jarayonini Mirzo Uluğbek sanoat kasb-hunar kolleji binosida öqişlari bitgunga qadar davom ettiradilar.