AQŞ va Meksika noqonuniy migrantlarga qarşi kuraşiş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqdagi hujjat AQŞ davlat departamenti saytida çop etildi.

Şartnomaga muvofiq, Meksika Markaziy Amerika mamlakatlaridan keladigan noqonuniy migrantlar oqimini tösiş uçun AQŞ bilan çegaraga milliy gvardiya qöşinlarini jönatadi. Bundan taşqari, kontrabanda va odam savdosi bilan şuğullanadigan guruhlarga qarşi kuraş olib boradi.

AQŞ esa boşpana söragan barçani Meksikaga qaytarib yuboradi. Migrantlar u yerda özlari bilan boğliq qaror çiqarilişini kutişadi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ buning evaziga barça Meksika mahsulotlariga boj kiritişni noma'lum muddatga keçiktiradi.

May oyi oxirida Meksikadan keladigan mahsulotlarga 10 iyundan beş foizli boj kiritişini aytib tahdid qilgandi.