Bugun, 8 iyun kuni Toşkentdagi “Yapon boği”da AT Xalq banki tomonidan “Barkamol avlod – yurt tayançi” şiori ostida bank xodimlari va ularning oila a'zolari iştirokida madaniy-ma'rifiy tadbir taşkil qilindi.

Mazkur tadbir Respublika Prezidenti tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş borasida ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbus doirasida taşkil qilindi. 

Tadbir dasturidan örin olgan şartlarga köra, bank xodimlari va ularning oila a'zolari musiqa, rassomçilik, sport, kitobxonlik hamda teatr sahnasida rol ijro etiş kabi bir neçta yönalişda özaro musobaqalaşdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

«Bank xodimi odatda asosiy vaqtini işda, kompyuter qarşisida ötkazadi. Lekin bugungi tadbir va unda belgilangan şartlardagi xodimlarimizning iştiroki, hosil bölayotgan yuqori kayfiyatdan körib xulosa qilyapmizki, har bir taşkilotda bu kabi tadbirlar kerak ekan. Bu iş unumini ham oşiradi», deydi AT Xalq banki boşqaruvi raisi örinbosari Farhod Salomov ötayotgan tadbir haqida fikr bildirib.

«Barkamol avlod – yurt tayançi» şiori ostida ötgan tadbirga taniqli san'atkor, sirk artisti va qiziqçilarning çiqişlari, şuningdek, bolalar va kattalar uçun taşkil qilingan yutuqli öyinlar alohida qiziqiş uyğotdi.

 

Ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi 5 ta muhim taşabbus doirasida ötkazilgan tanlovlar böyiça ğoliblarga AT Xalq bankining sovğalari topşirildi.

Taşkilotçilarning aytişiça, mazkur yönalişdagi tadbirlar Xalq bankining respublikadagi barça filiallarida ötkaziladi.