Şu jihatdan moliyaviy operatsiyalarni bir platforma orqali amalga oşiriş imkonini beruvçi ilovalarga talab ortib bormoqda.
Xalq bankining “xazna” ilovasi qisqa vaqt içida 10 milliondan ortiq foydalanuvçi işonçini qozongani uning bozordagi ehtiyojlarga javob berayotgani, funksional yeçimlari va foydalanuvçi ehtiyojlariga mos yondaşuvi bilan boğliq, deyiş mumkin.
Şu bilan birga, xizmatlar tezkorligi va axborot xavfsizligiga qaratilgan yondaşuv "xazna" ilovasining muhim ustunliklaridan biri sifatida namoyon bölmoqda.
Raqamli moliya va bank xizmatlari sohasida “xazna” ilovasi qulayligi bilan barçaga yaxşi taniş. Bugungi kunda uning foydalanuvçilari soni 10 milliondan oşdi. Mazkur natija ilovaning keng qamrovli funksiyalari hamda iste’molçi tajribasini yaxşilaşdagi yangiliklari bilan izohlanadi.
Foydalanuvçilar uçun yangiliklar
Platformaning eng katta ustunligi foydalanuvçilar uçun tez-tez yangiça imkoniyatlar işlab çiqişidadir. Masalan, endilikda xazna avto orqali avtokreditni tez va onlayn rasmiylaştiriş mumkin. Bu jarayon atigi bir neça daqiqa içida amalga oşiriladi va foydalanuvçining vaqtini tejaydi.
Foydalanuvçilar kartalarini boşqarişda ham bir qator qulayliklar taqdim etilmoqda: kartani yopiş, PIN-kodni tiklaş, pul aylanmalarini yuklab oliş, mavjud kartalar sonini köriş, hamyon oçiş va blokdan çiqariş kabi funksiyalar orqali mizoj moliyaviy nazoratni mustahkamlaydi. Şuningdek, Paynet Xolis tizimi vositasida XaznaPay orqali mikrobizneslar Paynet tölovlarini tez va xavfsiz qabul qilişi mumkin.
Xizmatlar yanada qulay va tuşunarli
“Xazna” ilovasi öz foydalanuvçilari uçun xizmatlarni yanada qulay va tuşunarli körinişga keltirmoqda. Masalan, endilikda TezQR tölovlari HUMO kartalari orqali ham amalga oşiriladi, uşbu jihat pul ötkazmalarini yanada tez va oson bajariş imkonini beradi.
Hamyonlar böyiça harakatlar tarixi soddalaştirilgan, uning yordamida foydalanuvçilar öz xarajatlarini aniq va tuşunarli tarzda kuzatişi mumkin. Şu bilan birga, monitoring oynasi funksionalligi yaxşilangan va ilovadagi çat xizmati foydalanuvçilar uçun yanada qulayroq şaklda işlab çiqilgan.








