Özbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga köra, vazirning örinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boşçiligida mansabdor şaxslardan iborat guruh 12—14 iyun kunlari Şarqiy harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar ötkazadi.

Sayyor qabul harbiy xizmatçilar va ularning oila a'zolari xamda harbiy pensionerlarning muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini örganiş, ularga amaliy kömak beriş maqsadida taşkil etilmoqda.

Sayyor qabullar soat 10.00dan 16.00ga qadar quyida keltirilgan kunlarda ötkaziladi:

  • 12 iyun kuni – Namangan viloyati Namangan şahridagi viloyat Yoşlar markazida;
  • 13 iyun kuni – Farğona viloyati Farğona şaharidagi viloyat Yoşlar markazida;
  • 14 iyun kuni – Andijon viloyati Andijon şahridagi viloyat Yoşlar markazida.

Şuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat taşkilotlari mansabdor şaxslari ham jalb etiladi.

Eslatib ötamiz, may oyining oxirida mudofaa vazirining örinbosari boşçiligida Surxondaryo, Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida ötkazilgan sayyor qabul vaqtida salkam 500ta murojaat körib çiqilib, ularning katta qismi ijobiy hal etilgandi.