Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan «mulk egasiga zarar töliq qoplanmagunça davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini olib qöyiş va köçmas mulkni buziş tartibi töliq bekor qilindi», degan qat'iy çekloviga bugun hokimiyat vakillari qançalik darajada amal qilişyapti? Hammasini qonuniy qilib, yaxşi niyatda bino kötargan tadbirkorlar yerlari davlat va jamiyat ehtiyoji uçun olib qöyilişidan oldin rozi qilinyaptimi?
Kun.uz tahririyatiga ayni şu masala yuzasidan norozi tadbirkor murojaat bilan çiqdi. Uning qönğiroğidan söng murojaatga oydinlik kiritiş maqsadida tadbirkorlar joylaşgan hududga şoşildik. Uning aytişiça, hokimiyat vakillari kelib, tadbirkor qurayotgan binoni buzişmoqçi ekan.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Bizni Yaşnobod tumani, Mahtumquli köçasida (eski Taraqqiyot) tadbirkorlar Faxriddin Erkinov va Sobirjon Rahmatov qarşi olişdi. Ular bilan suhbatlaşdik.

«Mirkamol Plyus Servis» MÇJ Vazirlar Mahkamasining 285-sonli qarori asosida tanlovda iştirok etib 0,22 gektarli yer maydonini Yaşnobod tumani, Mahtumquli köçasidan yutib olganmiz. Şundan söng, Toşkent şahar hokimligi tomonidan qaror çiqarib berildi. Bino joylaşgan hudud devor bilan öralgan bölib, «TAPOiÇ» zavodi içida edi. 2017 yil avgustigaça biz «TAPOiÇ» bilan sudlaşdik va binoni çiqarib oldik. Aslida bu hokimiyatning vazifasi edi. Lekin biz Iqtisodiy sudga berib, yutib çiqqanimizdan keyin Majburiy ijro byurosidan kelib çiqarib berişdi. Endi qurilişni davom ettirmoqçi edik. Ammo yangi köprik qurilayotgani sababli bizga binoni buziş kerakligini aytişyapti. Özi boşida bizni Toşkent şahar hokimiyati bino noqonuniy qurilmoqda degan vaj bilan sudga bergandi. Biz javobgar sifatida sudga bordik. Uşbu qurilişga ruxsat bergan taşkilotlarning barça hujjatlarini taqdim qilganimizdan söng, ularning da'vo arizasi sud tomonidan rad qilindi. Şundan söng qurilişimizning buzilişi böyiça şahar hokimining qarorini olib kelişdi va binoni buzişmoqçi. Lekin şahar hokimining qarorida ham kompensatsiya tölangandan keyin buziş kerakligi körsatilgan. Bular bölsa hoziroq buzişmoqçi. Bu Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qarori yoki Prezidentning 3456-farmoniga zid harakat. Bizda şubha uyğonyotgan narsa – ular avvaliga bizni sudga berişdi. Sud rad qildi. Endi 97-sonli qarorni asos qilib, u yerda «3456»ni vaj qilişyapti. 3 kunça oldin Toşkent şahar hokimiyatidan Davron Hidoyatov, şahar prokuraturasidan Aliakbar Pölatov texnikalar bilan kelişdi. Biz bino oldiga turib oldik. Şundan söng ular kompensatsiya tölanişini, lekin hozir binoni tepasidan buzişni boşlaş kerakligini aytişdi. Lekin biz buziş işlarini kompensatsiya tölanganidan söng boşlaşimizni aytdik. Biz hali hisoblatmaganmiz, bular esa buz deyişyapti. 3 kun içida yer va kompensatsiya masalasini hal qilib beramiz deyişgandi. Axir şunça mehnatimiz, mablağimiz ketgan», deydi «qöriqçi» tadbirkorlar.

Şundan söng bino hujjatlari bilan tanişib çiqdik. Haqiqatan ham hammasi qonuniy asosda qurilgan. Yer tanlovda yutib olingan va tadbirkorlar tegişli taşkilotlar ruxsati va tavsiyasi asosida noturarjoy binosini qurişni boşlaşgan. Lekin yangi köprik qurilişini sabab qilib hokimiyat binoni buzmoqçi. Binoni közdan keçirar ekanmiz, eng yuqori qavatida buziliş işlari boşlanganiga guvohi böldik. Tadbirkorlarning aytişiça, hokimiyat buyruği bilan buziliş olib borilgan va işçilar majburiy olib ketilgan.

Muammoning asosiy masalasi davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun olib qöyilayotgan yer örniga boşqa yer va kompensatsiya qoplab berilişini qonun talabidan kelib çiqib amalga oşirişdir.
Uşbu vaziyatga izoh oliş uçun Toşkent şahar hokimligi eşigini taqillatdik. Yakunda esa vaziyatga izoh beriş masalasi Yaşnobod tuman hokimligi gardaniga tuşdi. Tuman hokimining Arxitektura va quriliş masalalari böyiça örinbosari Elmurod Xalilov fikrlarini bildirdi.

«Tumanimizdagi uşbu joyni 2017 yilda «Mirkamol Plyus Servis» MÇJ maişiy xizmat körsatiş şoxobçalarini quriş uçun tanlovda yutib olgan. Şahar hokimining ham qarori çiqarilib, doimiy foydalaniş uçun ajratib berilgan. Xabaringiz bölsa, yangi köprik quriş işlari boşlangan. Bu tadbirkor yigitlarimiz köprik yonida 4 qavatli bino qurib qöyişgan. Bu esa hozirgi şaharsozlik va arxitektura normalariga töğri kelmaydi. Köprikka kiruvçi yöllar bor, bu bino şu qoidalarni buzib turibdi. Şularni inobatga olgan holda şu yil fevral oyi oxirlarida özim şaxsan şu joyga taşrif buyurganimda, ikkinçi qavatini qurişayotgan edi. Tadbirkorlarda şahar hokimining qarori hamda tenderda yutib çiqişgani böyiça hujjatlar bölgani uçun oğzaki ogohlantiriş bilan çeklanganman. Yaqinda Toşkent şahar hokimining uşbu bino buzilişi hisobiga hududda obodonlaştiriş işlarini olib boriş töğrisidagi qarori çiqdi. Uşbu qaror bilan tadbirkorlarni taniştirdik. Köprikni yaqin orada topşiriş közda tutilgani sababli biz binoni buzib, uning örnida obodonlaştiriş işlarini boşlaşimiz kerak böladi. Kompensatsiya masalasini ham tezlik bilan hal qiliş uçun Uysozlar 7 köçasidan ularga joy körsatdik. Ertasiga borib uşbu binoni baholovçi taşkilotga baholatişni tavsiya qildik. Baholovçi taşkilotning javobi çiqişi Davlat aktivlarini munitsipial boşqariş markazi tomonidan kompensatsiya puli qoplab beriladi», deb aytib ötdi hokim örinbosari.
Hokim örinbosari «buziliş işlari boşlanmagani va kompensatsiya qilinmaguniça buziliş boşlanmasligi»ni ta'kidladi. Biz körgan va eşitgan holat böyiça esa vaziyat boşqaça. Lekin asosiysi va'da olindi. Ya'ni tadbirkorga kompensatsiya tölab berilmaguniça uning çala qolayotgan binosiga tegilmaydi. Köramiz…

Töğri, juda katta kuç va mablağlar hisobiga loyihalaştirilib, qurilişi boşlangan köprik oldida tadbirkorning bu binosi arzimas bölib körinişi mumkin. Lekin masalaning ikkinçi tomoni şundaki, tun-u kun öz binosiga «qöriqçi» bölib çiqayotgan tadbirkorning ham öz hayoti va rejalari bor. U ham hokim va taşkilotlarning ruxsatiga işonib iş boşlagan. Qonun ustuvor bölgan jamiyat qurişni hohlayapmizmi - qonun talabidan kelib çiqqan holda iş olib boraylik. Şahrimizda amalga oşirilayotgan bunday katta loyihalarni qöllab-quvvatlaymiz. Faqat işlar rozi-rizolik bilan amalga oşirilsa, maqsadga muvofiq böladi. Tadbirkor va hokimiyat örtasidagi masala tez orada ijobiy hal etilişiga umid bildirib qolamiz.
Kun.uz uşbu holatni kuzatişda davom etadi.
Muxbir Rahmatillo Isroilov
Operator Muhammadjon Ğaniyev












