Köplab rivojlangan mamlakatlar kabi Avstraliya ham tuğiliş darajasi yuqori emasligi va umr köriş davomiyligi körsatkiçi ança yuqoriligi bilan ajralib turadi. Şuning uçun mamlakat rahbariyati nafaqa yoşini uzaytiriş haqida öyladi va yaqindan boşlab avstraliyaliklar nafaqaga 65 yoşda emas, 67 yoşda çiqadigan bölişdi. Biroq olimlar bunday özgariş iş beruvçiga ham, davlatga ham katta foyda keltirmasligini aytişmoqda, çunki yoşi 40 dan oşgan xodimlarning iş qobiliyati u qadar yuqori emas.

Melburn universiteti mutaxassislari xuddi şu xulosaga kelişdi. Ular 40 yoşdan katta 7 500 nafar avstraliyaliklarning kognitiv funksiyalarini tadqiq etişdi. Köngillilar ularning xotirasi, fikrlaş tarzi, şuningdek, qarorlarni qabul qilişdagi professionallikni baholaşda yordam beradigan bir qator testlardan ötişdi. Natijalar şuni körsatdiki, haftasiga 30 soatdan ortiq işlaş kognitiv funksiyalarga salbiy ta'sir körsatar ekan.
Tadqiqot mualliflarining fikriga köra, bugun mavjud bölgan 40 soatlik iş haftasi gap örta va katta yoşdagi odamlar haqida borganida kutilgan iqtisodiy samara bermaydi. Tadqiqot natijalariga köra, 40 yoşdan ötgan kişilar uçun 25-30 soatlik iş haftasi optimal sanaladi. Uşbu yoş kategoriyasidagi xodimlar iş kuni haftasiga 3 kungaça qisqartirilganida yaxşi natijalar körsatişi aniqlandi.
Tadqiqot mualliflari boşqa mamlakatlar uçun mazkur körsatkiçlar özgaça bölişi mumkinligini qayd etişmoqda. Şu tariqa, iş vaqtini taqsimlaşning mavjud çizmasi, şuningdek iş haftasining davomiyligi kutilgan natija bermaydi, çunki iş jarayoni çarçoq hissi, iştiyoqning yöqolişiga olib keladi va ijobiy hislar keltirmaydi.
Biroq melburnlik tadqiqotçilar xodimlar köproq dam olişi, iş beruvçi bundan köproq foyda körişini ilgari suriş böyiça birinçi sanalmaydilar. Masalan, Avstraliyadagi kompaniyalardan biri öz xodimlariga uzunligi 12 haftadan iborat ta'til berişga qaror qilgan.











