Kanada 2021 yildan bir marta foydalaniladigan plastik buyumlarni taqiqlamoqçi, deb ma'lum qildi mamlakat boş vaziri Jastin Tryudo.
"Kanada 2021 yildan atrof-muhitga zarar keltiruvçi bir martalik plastik buyumlarni taqiqlaşini quvonç bilan e'lon qilaman",- dedi Tryudo.
Bundan taşqari, boş vazirning sözlariga köra, plastik mahsulot işlab çiqaradigan kompaniyalar plastik çiqindilarni yiğib oliş va qayta işlaş uçun javobgar böladi.
Tryudo şuningdek, taqiq ostiga tuşadigan plastik mahsulotlar röyxati keyinroq şakllantirilişini bildirdi. Röyxat ilmiy tadqiqotlar va Yevropa ittifoqining uşbu yönalişdagi harakatlariga asoslangan holda tuziladi.












