Rossiya YeOII mamlakatlaridan kelgan mehnat migrantlariga pensiya tölaydi – bu imzolaşga tayyorlanayotgan pensiya ta'minoti töğrisidagi kelişuvda közda tutilgan, deb yozadi RBK.
Hozirda migrantlar Rossiya pensiya fondiga pul ajratişadi, ammo pensiya olişmaydi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari örtasida pensiya ta'minoti töğrisidagi kelişuvda migrant işlagan va pensiya fondiga pul ajratgan mamlakat u öz mamlakatiga qaytib ketganidan keyin ham pensiya tölaşini közda tutadi.
Masalan, qozoğistonlik migrant Rossiyada işlab, yoşga doir pensiya oliş huquqiga ega bölganidan söng Qozoğistonga qaytib ketsa ham Rossiya tomoni unga pensiya tölaşda davom etadi. Agarda Rossiya fuqarosi yoşga doir pensiya oliş huquqiga ega bölsa va masalan, Armanistonga köçib ketsa, unga pensiyani yana Rossiya tölaydi.
«Mazkur kelişuvni kuzda imzolaş va yil oxiriga qadar YeOIIning barça a'zo davlatlari tomonidan ratifikatsiya qiliş rejalaştirilgan», — deb ma'lum qildi Rossiya mehnat vazirligi.
YeOII tarkibiga Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Armaniston va Qirğiziston kiradi.












