AQŞ prezidenti Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida agar XXR raisi Si Tszinpin "yigirmatalik" davlatlari rahbarlari uçraşuviga kelmasa, Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etilişini aytdi.

Telekanalning agarda ana şunday holat yuz bersa bojlar kiritilişi mumkinligi haqidagi savoliga Tramp: "Ha, kiritiladi" deb javob berdi. 

Avvalroq Xitoy va AQŞ bir neça oy davomida savdo bahslarini tartibga soliş böyiça muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vaşingtonda bölib ötgan, biroq şundan keyin ular boşi berk köçaga kirib qoldi. AQŞ 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj tölovini 10%dan 25%gaça oşirdi.

XXR bojxona boşqarmasi ma'lumotiga köra, Xitoy va AQŞ örtasidagi tovar almaşiş hajmi 2019 yilning beş oyi davomida ötgan yilning şu davriga nisbatan 14,58 foizga qisqardi.  

"Katta yigirmatalik" sammiti 29 iyun kuni Osakada bölib ötadi.