Majburiy ijro byurosi xodimlarining qarzdor fuqarolar tomonidan kaltaklanişi haqda tez-tez xabarlar tarqaladi. Bu safar Kattaqörğon tumanida tuman elektr tarmoqlari xodimi Majburiy ijro byurosi inspektorini kaltaklagani haqda ma'lumot tarqaldi. Bu haqda Samarqand viloyat Majburiy ijro byurosi Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Kattaqörğon tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi Yu.N mast holatda öziga tegişli «Nexia» avtomaşinasida tumanning Kadan qörğonçasidan ötuvçi içki yölida boşqarib ketayotganda taniş MIB inspektorini körib qolgan. MIB xodimiga özini yordamçi körsatib, noqonuniy elektrga ulangan iste'molçini bilişi, istasa körsatişini aytadi.
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaniş – öğirlik. MIB inspektori darrov rozi bölib maşinaga ötiradi. Ammo çekkaroq joyga borganda maşina töxtaydi va elektr tarmoqlari xodimi «Mana senga noqonuniy «toçka» degança MIB inspektoriga taşlanadi. Inspektorga bir neça muşt tuşirib, uning xizmat formasini yirtib ham yuboradi.
Elektr tarmoqlari xodimi şuningdek, inspektorning xizmatda foydalanib kelayotgan sumkasini, uyali telefonini, aholidan yiğilgan 4 mln. 800 ming söm naqd pullarini olib qöyib, hodisa joydan qoçib ketadi.
Tezkor tadbirlar natijasida zöravon va talonçi Yu.N. mast holatda qişloq çetidagi qabriston yonida qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqörğon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.












