Amir Temur şoh köçasi böylab «Toshkentland» boğidan «Radisson» mehmonxonasiga boradigan yöldagi va Mirzo Uluğbek şoh köçasi böylab Parkent köçasidan Boyqörğon 2-tor köçasigaça bölgan hududdagi suv quvurlari yangilandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Endi bu yerlarda drenaj tizimlari noqulaylikni yuzaga keltirmaydi deb umid qilamiz», — deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Toşkent şahrida kuzatiladigan yoğingarçilik oqibatida hududlarda suv töplanib qolişining oldini oliş maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilaş va ta'mirlaş közda tutilgani, 6 iyun kuni Amir Temur şoh köçasining «Toshkentland» boğidan «Radisson» mehmonxonasigaça bölgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanişi rejalaştirilgani, şu munosabat bilan 6 iyun kuni keçki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00gaça bölgan vaqt davomida yopilişi xabar qilingandi.