Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta'mirlash ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining Toshkentland bog‘idan Radisson mehmonxonasigacha bo‘lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 6 iyun kuni kechki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi.
“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.










