9−10-oktabr kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Havo harorati keçalari asosan +10…+15 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja, janubda va çöl hududlarda baʼzi joylarda +29…+32 darajagaça böladi.
10-oktabrda keçqurun respublikaning ğarbiy hududlariga nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomğir yoğişi mumkin.
11-oktabr, yakşanba kuni nam havo massalari Özbekistonning qolgan hududlariga tarqala boşlaydi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinçi yarmida çöl hududlarda va respublika janubida, keçqurun markaziy hududlarda baʼzi joylarda yomğir yoğadi.
Toşkent viloyati va Farğona vodiysida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Aksariyat viloyatlarda iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning şimoli-ğarbiy hududlarida harorat +18…+23 darajagaça pasayişi kutilmoqda.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi. Toğli hududlarda 9−11-oktabr kunlari baʼzi joylarda yomğir yoğadi. 11-oktabrda toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkent şahrida dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati keçalari +13…+15 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja böladi.

















