Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning oliy radaga uni böşatiş töğrisida taqdimnoma kiritişga haqqi yöqligini ma'lum qildi. U bu haqda Ukrainaning "theBabel" naşriga bergan intervyusida aytdi.

"Prezident meni böşatiş uçun taqdimnoma kiritiş huquqiga ega emas. Meni böşatiş uçun işdan böşaş töğrisidagi arizam yoki oliy rada deputatlarning menga nisbatan işonçsizlik bildirişlari talab qilinadi", - dedi boş prokuror.

Seşanba kuni prezident ma'muriyati rahbarining örinbosari Ruslan Ryaboşapka Zelenskiy radaga Lutsenkoni böşatiş töğrisida taqdimnoma kiritganini ma'lum qildi. Avvalroq boş prokuror yangi parlament şakllanmaguniga qadar lavozimini tark etmasligini bildirgandi.