AQŞ özining tajovuzkor siyosati bilan Yaqin Şarq mintaqasi xavfsizligi va butun dunyoga tahdid solmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Bişkekda bölib ötayotgan ŞHT sammitida ana şunday bayonot berdi.
"AQŞ hukumati keyingi ikki yil davomida barça xalqaro qoidalarni buzib, moliyaviy va harbiy imkoniyatlaridan foydalanib tajovuzkor harakatlar qilmoqda va mintaqa hamda dunyoga jiddiy tahdid solmoqda", - dedi u.
Vaşington xalqaro hamjamiyatni BMT xavfsizlik kengaşining Eron bilan savdo munosabatlarini yaxşilaş töğrisidagi rezolyutsiyasini buzişga majbur qilmoqda, dedi Ruhoniy.
2018 yil 8 mayda AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelişuvdan çiqişini e'lon qildi va bir tomonlama tartibda sanksiyalar kiritdi.
Qirğiziston poytaxtida bölib ötayotgan ŞHT sammitida Rossiya, Hindiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Özbekiston, Pokiston, Tojikiston prezidentlari iştirok etmoqda. Afğoniston, Belarus, Eron va Mongoliya rahbarlari kuzatuvçi sifatida taklif etilgan.












