12 iyun kuni soat 20.43da Jizzax şahridagi H.Olimjon mahallasi R.Axmurodov köçasida joylaşgan "Bonu şirinliklari" MÇJga qaraşli qandolat mahsulotlari işlab çiqariş sexida yonğin yuz berdi. Natijada binoning jami 400 kvadrat metr maydondagi tom qismi hamda qandolat maxsulotlari işlab çiqaruvçi jihozlar va tayyor mahsulotlar yonib ketgan.
Bu haqda Kun.uz muxbiriga Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi yonğin xavfsizligi boşqarmasi ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, yonğin şaxsiy tarkib va maxsus texnikalar hamda suvoqova korxonalarining suv taşuvçi avtoulovlari yordamida soat 23.50da batamom öçirilgan. Binoning 900 kvadrat metr maydoni yonğindan saqlab qolingan.
Işlab çiqariş sexi va omborida bölgan işçilar orasida jabrlanganlar borligi ma'lum qilindi. Ular örtaça darajadagi kuyiş jarohati olgan. Hozirda yonğin sabablari örganilmoqda. Taxminlarga köra, yonğin yangi muzlatkiçda sodir bölgan qisqa tutaşuvdan kelib çiqqan bölişi mumkin.
Mazkur konditer sexi şu yilning fevral oyida işga tuşgandi.












