12 yildan buyon qidiruvda bölgan şaxs Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 1978-yilda tuğilgan Yu.N. Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 2014-yildan buyon qidiruvda bölgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u AQŞda qölga olingan va Özbekistonga olib kelingan.
Hozirda uşbu şaxs Jizzax şahar prokuraturasiga topşirilgan.
Avvalroq bosqinçilikda ayblanib, 2017-yildan buyon qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Turkiyaning Istanbul şahrida uşlangandi.













