Özbekistonda qidiruvdagi şaxs pasportining amal qiliş muddati sud qarori bilan töxtatilişi mumkin. Bu haqda «Yuksaliş» umummilliy harakati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qonunçilik palatasi deputatlari navbatdagi yalpi majlis davomida Jinoyat-protsessual kodeksiga bu haqdagi özgartiş kiritişni körib çiqib, birinçi öqişda ma'qulladi.

Deputatlarning fikriça, uşbu özgartiş ekstraditsiya qilişning imkoni bölmagan qidiruvdagi şaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi prinsipi ta'minlaydi, şuningdek, ekstraditsiya qiliş uçun davlat budjetidan ketadigan xarajatlarni tejaş imkonini beradi.

Ta'kidlanişiça, bunday tajriba AQŞ, Kanada, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Hindiston va boşqa köplab davlatlarda ayblanuvçilarni suddan yaşirinişini oldini oliş maqsadida joriy etilgan.