Ukraina mudofaa vaziri Stepan Poltorak iste'foga çiqişga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Agarda sivilizatsiyalaşgan usulda mudofaa vaziri tayinlanadigan bölsa men iste'foga çiqişga tayyorman. Sönggi kungaça öz burçimni bajaraman va mudofaa vaziri lavozimini topşiraman. Yangi mudofaa vaziriga men amalga oşirgan işdan ön baravar köproğini qilişini tilayman", - dedi Poltorak.
Avvalroq Ukraina prezidenti ma'muriyati boşliğining örinbosari Ruslan Ryaboşapka Vladimir Zelenskiy yaqin vaqt içida yangi mudofaa vaziri va xavfsizlik xizmati boşliğini tayinlaş böyiça oliy radaga taqdimnoma kiritişini ma'lum qilgandi.
Ötgan haftada rada taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin, mudofaa vaziri Stepan Poltorak va xavfsizlik xizmati boşliği Vasiliy Gritsakning iste'fosini qabul qilmadi.












