Toşkent şahar hokimligi va şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi 12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 12-mavzeda daraxtlarning kesilayotgani haqidagi xabar böyiça örganiş işlari olib bordi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Aniqlanişiça, bu yerdagi daraxtlar noqonuniy ravişda kesilgan. 

“Bu işni amalga oşirgan davlat raqami 01/ G 365 HA bölgan avtotransport egasi voqea joyidan zudlik bilan ğoyib bölgan. Toşkent şahar yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi qidiruv bölimi tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida avtotrasport vositasi uşlanib, vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylaştirildi. Ma'lum bölişiça, uşbu qonunbuzarlik Z.Soliyev tomonidan amalga oşirilgan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

E'tiborli fuqarolarimizning murojaati asosida huquqbuzar qölga olindi va sodir etgan noqonuniy harakati uçun tegişli jazoga tortiladi”, deyiladi xabarda. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki suriştiruv va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaş işlari olib borilmoqda.

Ma'muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 162-moddasiga muvofiq, bu yönalişdagi huquqbuzarlikka jarima çorasi qöllaniladi.