Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilayotgan soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va ommalaştirişga qaratilgan ommaviy tadbirlar muntazam ravişda, kötarinki ruhda taşkil etilmoqda.

«Şu örinda qayd etiş joizki, Prezidentimiz taşabbusi bilan Toşkent viloyati Böka tumanida beşta taşabbusning barçasi mujassamlaşganidan aholi juda mamnun. Çunonçi, zamonaviy kutubxona hamda kitob öqiş uçun sokin joylar, kompyuter öyinlari uçun maydonlar, Wi-Fi hududlari taşkil etildi. Yopiq amfiteatr, kafelar qurildi. Universal sport maydonida vorkaut va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boşqa sport turlari bilan şuğullaniş uçun keng şaroit yaratildi. Uşbu majmua har oyda örtaça 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligi ham uşbu beş taşabbus doirasida izçil amaliy sa'y-harakatlarni boşlab yuborgan.

Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyun kuni Toşkent viloyatiga taşriflari davomida berilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida 15 iyun, şanba kuni Böka tumanida «Soğlom hayotga qadam taşla» aksiyasi doirasida «Salomatlik kuni» ommaviy tadbirlari ötkazildi. Tumandagi «Böston» qişloğida ertalabki badantarbiya ötkazilib, unda va hududga yaqin qişloqlar aholisi tomonidan stadionda jismoniy tarbiya maşqlari bajarildi, qişloqqa kiriş yölagi böylab 5 kilometr masofaga faol yuriş tadbiri bölib ötdi.

Mutaxassislar fikriga köra, oddiy yuriş (haftasiga kamida 8 kilometr yurganda) yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga va ölim xavfini 32 foizga qisqartiradi. Cuyak va muşaklarni mustahkamlaydi, arterial bosimni, qonda xolesterin miqdori tuşişiga sabab böladi, uyquni yaxşilaydi. Har bir qadam energiya sarflanişi, gormonlar işlab çiqilişi, muşaklardagi qon ta'minoti yaxşilanişi evaziga ularning kislorod bilan boyişi kuçayadi, natijada umumiy holat yaxşilanadi. Gimnastika ham salomatlik uçun foydali bölib, unda yengil gimnastika maşqlari bajariladi. Natijada, muşak tizimi mustahkamlanadi, böğimlar harakati yaxşilanadi. Bundan taşqari, kuç, tezlik, çidamlilikni tarbiyalaydi. Soğlomlaştiruvçi ta'sir kuçiga ega maşqlar tufayli qomatning tik va töğri rivojlanişi ta'minlanadi.

Şuningdek, tumandagi 7-oilaviy poliklinika oldida «Salomatlik maydonçasi» va «Soğlom ovqatlaniş yarmarkasi» taşkil qilindi. Yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi, soğlom ovqatlaniş va jismoniy faollikni ahamiyati xaqida ma'lumotlar berildi. Uşbu tadbirlar öziga xos saylga aylanib ketdi.

Bundan taşqari, tuman markaziy stadionida Soğliqni saqlaş vazirligi va tuman taşkilotlari xodimlari, sport maktablari, kollej öquvçilari va aholi iştirokida gimnastika maşqlari bajarilib, bu yerda ham 5 kilometrga faol yuriş amalga oşirildi. Uşbu stadion yonida joylaşgan ekoparkda kattalar va bolalar tomonidan velosayr, sport hamda musiqa maktablari öquvçilarining badiiy çiqişlari yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Yana bir e'tiborli jihati, tumanda joylaşgan 15-mehribonlik uyining 127 nafar tarbiyalanuvçisi gimnastika maşqlarini bajarişdi. Şuningdek, tarbiyalanuvçilarning körgazmali çiqişlari, «Soğlom ovqatlaniş yarmarkasi», «Biz tamakisiz hayot uçun ovoz beramiz» tadbirlari taşkil etildi. Tuman madaniyat bölimining xayriya konserti hamda homiylar tomonidan estalik sovğalari ulaşilişi tarbiyalanuvçilarni quvonçiga sabab böldi.

«Soğlom hayotga qadam taşla» aksiyasi doirasidagi ommaviy tadbirlar mamlakatimiz böylab barça hududlarda aholining faol iştiroki ta'minlangan holda kötarinki kayfiyatda taşkil etildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.