Soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Anvaroviç Xudoyorov ortidan uning uç nafar örinbosari ham işdan ketdi.

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, Alişer Şukrullayeviç Boboyev boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri birinçi örinbosari lavozimidan;

Elmira Irkinovna Bositxonova boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimidan;

Farhodjon Muhammadjonoviç Toşpölatov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Vazirlikning oldingi rahbariyatidan birgina birgina Olim Murodullayeviç Omonov vazir örinbosari sifatidagi lavozimini saqlab qolgan. 

Öz navbatida, vazirlikka beş nafar yangi örinbosar tayinlangan.

Xususan, Alişer Boboyev örniga Otabek Sunnatoviç Imomov vazirning birinçi örinbosariga aylandi.

Bundan taşqari:

Jaloliddin Şarofutdinoviç Asamutdinov – komplayens va içki antikorrupsion nazorat böyiça vazir örinbosari;

Adxam Yusupoviç Xudaykulov – vazir örinbosari;

Şerzod Dilmuratoviç Muhamedov – vazir örinbosari;

Ilhomjon Örinboy öğli Umurzaqov – vazir örinbosari (u bunga qadar iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari – Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş departamenti direktori lavozimida işlagan).