Moldova konstitutsion sudi favqulodda majlisida özining parlamentni tarqatib yuboriş va muddatidan oldin saylovlar ötkaziş töğrisidagi qarorini bekor qildi.

Moldovada fevralda parlamentga saylangan partiyalar koalitsiya tuza olmagani va hukumatni şakllantira olmaganidan söng siyosiy inqiroz boşlangandi. Konstitutsiyaga köra, parlament partiyalarida buning uçun uç oy muddat bölib, şundan söng parlament tarqatib yuborilişi lozim. Bu muddat 9 iyun kuni nihoyasiga yetişi kerak edi. Ammo konstitutsion sud «uç oy» 90 kundan ortiq bölmagan muddatni anglatişini ma'lum qilib, koalitsiya tuziş uçun sönggi muddatni 7 iyun deb belgilagandi.

Prezident Igor Dodonni qöllab-quuvatlovçi sotsialistlar partiyasi va ACUM bloki kirgan koalitsiya 8 iyunda taşkil etildi. Ertasiga 2016 yildan buyon demokratik partiya nazoratida bölgan hukumat konstitutsion sudga murojaat qilib yangi koalitsiyani noqonuniy deb topişni talab qildi.  

Sud parlamentni tarqatib yuboriş va muddatidan oldin saylovlar ötkaziş töğrisida qaror çiqardi. Yangi tuzilgan hukumat prezident Igor Dodon bu qarorga rozi bölmadi va mamlakatda qöşhokimiyat paydo böldi.

14 iyun kuni demokratik partiya hukumati iste'foga çiqişini va muxolifat tarafiga ötişini e'lon qildi. Partiyaning ta'kidlaşiça, ular «hokimiyatga yopişib olişmagani» va «mamlakat farovonligi uçun işlaşlarini» şu yöl bilan körsatişgan.