DW xabariga köra, Moldova Mudofaa vazirligi dron mahalliy vaqt bilan soat 16:22 da mamlakat havo hududiga noqonuniy kirganini bildirgan. Soat 17:06 da esa apparat qulab, portlagani haqida xabar berilgan. Politsiya uning parçasi suratini eʼlon qilgan.

Bundan oldin, 16-oktabrga ötar keçasi yana törtta dronning mamlakat havo hududidan ötgani qayd etilgan.

Moldova TIV bunday hodisalar fuqarolar xavfsizligiga tahdid solişini taʼkidlagan. Vazirlik Rossiyani Ukrainaga hujumlarni zudlik bilan töxtatişga, xalqaro huquq meyorlari, jumladan, Moldovaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga çaqirgan.

Mudofaa vazirligi maʼlumotiga köra, sönggi dronning qulaşi bilan 10-oktabrdan buyon havo hududi buzilişi holatlari sakkiztaga yetgan. Ular orasida 10-oktabr kuni Geamana aholi punktiga portlovçi modda ortilgan dron tuşişi ham bor.

Harbiy idora 2026-yil boşidan mamlakat havo hududi buzilgan 64 ta holat qayd etilganini bildirgan. Şulardan 16 tasi oktabr oyiga töğri keladi. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlangan 2022-yildan buyon esa bunday hodisalar soni 101 taga yetgan.

Avvalroq, 3-oktabr kuni Moldova hududiga uçta raketa va ikkita dron tuşgani xabar qilingan edi. Öşa hodisalarda halok bölganlar va jarohatlanganlar bölmagan.