DW xabariga köra, Moldova boş vaziri Vasile Tofan qiş arafasida uçta mintaqaviy inqiroz bir vaqtda taʼsir körsatib, vaziyatni oğirlaştirişi mumkinligini bildirgan.
Uning aytişiça, Hörmuz böğozidagi vaziyat tufayli gaz narxi amaldagi tarif hisob-kitobiga kiritilgan qiymatdan 50 foizga oşib ketgan. Yaqin Şarqda neft qayta işlaş quvvatlarining qisqarişi esa yonilği taqçilligi xavfini kuçaytirmoqda. Moldova bunday muammoga joriy yil iyul oyida ham duç kelgan.
Şu bilan birga, 700 ming aholi yaşaydigan Kişinyov aglomeratsiyasini suv bilan taʼminlovçi Dnestr havzasida suv sathi xavfli darajaga tuşgan.
Favqulodda holat qanday vakolatlar beradi?
Hukumat qaroridan oldin, 21-sentabr kuni prezident Mayya Sandu raisligida Oliy milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişi ötkazilgan. Unda kutilmagan vaziyatlarda tezkor harakat qiliş uçun çoralar rejasini tayyorlaş topşirilgan.
Favqulodda holat Inqirozlarni boşqariş milliy komissiyasiga uskunalarni tendersiz tezkor xarid qiliş, energiya resurslari importi, eksporti va taqsimoti böyiça bajarilişi majburiy bölgan vaqtinçalik qarorlar qabul qiliş huquqini beradi.
Komissiya elektr taʼminotida ustuvor yönalişlarni belgilaşi va suv isteʼmolini çeklaşi mumkin. Narxlar keskin oşsa, tariflar, soliqlar va aksizlarga oid qoidalarni vaqtinça özgartiriş vakolati ham berilgan.
Muxolifat Rossiya bilan muzokaralarni taklif qildi
Rossiyaga moyil muxolifatdagi Sotsialistlar partiyasi favqulodda holatga qarşi çiqqan. Partiya fraksiyasi rahbari, sobiq prezident Igor Dodon hukumatni uşbu rejim orqali maxfiy şartnomalar tuziş va şaffof bölmagan sxemalarni amalga oşirişga urinişda ayblagan.
Naşrning yozişiça, favqulodda holat davrida partiya avvalroq eʼlon qilgan norozilik namoyişlarini ötkaziş ham taqiqlanadi. Sotsialistlar muqobil energiya yetkazib beruvçilar, avvalo, Rossiya bilan zudlik bilan muzokara boşlaşni taklif qilgan.
Energetika eksperti Sergey Tofilat bu taklifni populizm deb baholagan. Uning fikriça, «Gazprom»ning Moldovaga gaz yetkazib beriş uçun texnik imkoniyati yöq: amaldagi yagona real yönaliş - «Turk oqimi» quvvatlari mavjud şartnomalar bilan töliq band.











