2019 yil. May. Bahorning sönggi kunlarini kuzatayotganimizga qaramasdan jazirama issiq, yozdan qolişmayapti. Yuniformadagi kişi, yelkasiga doka römolini qöyib tong sahardan iş boşlaşga hozirlanib turibdi. 12 yildan beri «Döstlik 2» - «Qoraqamiş 2/5» yönalişida qatnaydigan 131-avtobus haydovçisi, bugun heç qanday favqulodda vaziyat bölmasa örtaça 12-15 marta yöl qatnovini amalga oşirişi kerak. Çunki bola-çaqasining noni uning «plan»ni bajarişiga boğliq. Eh, işqilib tirbandlikka uçrab vaqt yöqotmasin-da.
Uzoq ötgan zamondan beri esa Sergeli tumanida avtomobillar tirbandligi kamina yuqorida ta'kidlab ötgan favquloddagi vaziyat emas, balki kunda odamlarni «qonini qaynatadigan» muammo. Balki, köpçilik kunning «pik» paytida köp yöllarda «probka» balosi bölişini aytib, pinagini buzmas. Lekin bu yerda «Sergeli moşina bozori» degan donği ketgan hudud borki, çangalidan eson-omon çiqib olsangiz marra sizniki!
Tonggi, kunduzgi, keçki paytda avtomaşinalar serqatnov bölib, yölda ana şunday tirbandliklar kuzatiladi. Biroq Sergeli «probka»lari vaqt tanlamaydi. Yölda bitta yengil avtomaşina işdan çiqsa yoki bahaybat yuk taşiş maşinalari eşilib örnaşib olsa, yana öşa eski tos boşlanadi.
«Tirqiş»lar oralab uyga tomon yöl
Kattalar asab tolalari uzilib-uzilib bölsa ham amallab çidab turişadi, lekin agar gödagingiz bilan yölda tirbandlikda qolib ketsangiz, sabr bersin. Axir çaqaloqni soatlab qanday aldab turasiz? Açinarlisi, hatto tez tibbiy yordam maşinalari ham sirenalar kuçi bilan «örgimçak töri»dan qutulib çiqib keta olmaydi. Maşina içidagi bemorning holati esa...
Sergelida tirbandlik bir emas, ikki joyda, asosan, Yangi Sergeli köçasining xalq tilida Özgariş temiryöl köprigi ostidagi qismi va maşina bozori oldida yuzaga keladi. Bugungi kunda tuman hokimiyati binosi yaqinidagi çorrahadan Yangi Sergeli köçasigaça olib borilayotgan quvur tuzatiş işlari ham «itning keng oyoğiday» bitmasdan rosa haydovçilarni xunob qildi.
Hatto Facebook ijtimoiy tarmoğida ham uşbu holat yuzasidan izohlar tölib ketdi. «Potrebiteli.uz» sahifasidagi aççiq haqiqatdan parçalar: «Sergelidagi kommunalçilarning yilda ikki marta asosiy prospekt yölini kavlaş odati bor. Sergeli xuddi bir yopiq tuman kabidir, uni şahar bilan birgina yöl birlaştirib turadi, xolos». Şu post ostida ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari faol ravişda fikr bildirişgan:
«Bu haqiqiy çegaradan çiqişdir. Salkam ikki oydan beri tirbandlik. Tumanimizni Sergeli emas, «Probkali» deb nomlaş kerak» (Nigora Şomansurova).
Har kuni amallab Sergelini tark etasiz va yuragingiz bezillab, yana şu yerga qaytasiz, çunki uyga qaytiş «darça»si bitta, avtomobillar esa million!
Hokim buva vertolyotda uçib kelar...
Oçiği, odatda, har kuni soat 7:45da uydan oliygoh sari yölga tuşaman. Agar 5 daqiqa keç qolsam, bu menga keyin ança qimmatga tuşişi mumkin. Sergeli tumanidan şahar markaziga olib boruvçi asosiy yöl bitta. 2017 yilgi gov.uz sayti statistikasiga köra, tumanda 169 500 nafar kişi istiqomat qilişi körsatilgan. Yangi uylar qurilişi yakunlansa, tumanda yana 8ta yangi daha, minglab oilalar, yuzlab haydovçi va yölovçilar istiqomat qila boşlaydi. Ana unda ahvol nima böladi? Yangi yer usti metrosi-çi, deysizmi? Töğri, metroning ham fuqarolarga mislsiz foydasi tegişi aniq. Lekin bugungi kunda har bir oilaga bittadan avtomaşina töğri kelişi haqidagi fikrdan kelib çiqib, şuni aytiş mumkinki, Sergeli tumaniga kiriş va çiqiş uçun endi yagona asosiy yöl köplab muammolarga sabab bölişi mumkin. Yana bir savol. Bizning hokim militsiya kuzatuvi hamrohligida kelarmikin yoki uçib kelarmikin öz iş joyiga? Oddiy aholi kabi kunda tirbandlikda qolib ketsa, oxiri bir kun yöq qilardi-da bu muammoni. Yana bir ğaliz holat, yangi uylar qurilişini tekşirgani kelgan janob prezidentning közlarini qanday şamğalat qilişgan ekan?
Yozsam satrlar satrlarga ulanadigan bu mavzuga haydovçilar bildirgan takliflar bilan xulosa yasasam: yuqoridagi kabi holatni bartaraf etiş uçun asosiy yölni kengaytiriş, yana kamida bittadan qator qöşiş, DAN xodimlari yölni nazorat qilişini ta'minlaş, avtomaşinalar uçun köprik va piyodalar uçun yer usti ötiş yöli quriş lozim. Qança tez boşlasak, muammoni şunça tez hal qiliş mumkin.
Jamoat transporti haydovçilarining rizqini qirqmang, iş joyiga maişiy sabablar bilan keç qolgan xodimning ma'muriyatdan hayfsan olişiga sababçi bölmang. Xalqning dardi bilan yaşab, unga malham bölişni özingiz uçun şaraf deb biling.
Farzona HAMROYeVA











