Yangi öquv yilidan boşlab Toşkent şahrida joylaşgan oliy taʼlim taşkilotlarida birinçi smenadagi öquv maşğulotlari soat 08:00 da boşlanadi.

Oliy taʼlim vazirligining maʼlum qilişiça, bu tartib – poytaxtda ertalabki va keçki tiğiz vaqtlarda yöllardagi yuklamani kamaytirişga qaratilgan.

“Mazkur tartib kunduzgi va keçki taʼlim şakllarida tahsil olayotgan talabalar uçun öquv kunini töğri rejalaştiriş, maşğulotlar va boşqa öquv faoliyati uçun vaqt imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

Yangi öquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toşkent şahridagi oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari, professor-öqituvçilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olişlari söraladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Toşkent şahar hokimligi poytaxtdagi bir qator davlat taşkilotlarida iş vaqtini soat 8:00 dan 17:00 gaça deb belgilaş taklifini ilgari surgan edi.