Norvegiyaning Sommarey oroli aholisi noyabrdan yanvargaça davom etadigan va quyoş deyarli körinmaydigan qutb tunidan keyin vaqt borişini e'tiborga olmay, yoz oylaridan maksimal foydalanib qolişga harakat qilişadi. Ta'kidlanişiça, bunday davrda mahalliy aholi tungi soat 2da öz işlari bilan şuğullanayotgani, bolalar esa köçalarda öynab yurişganining guvohi bölişingiz mumkin. 

Orolda yaşovçi 300 dan köproq kişi 18 maydan 26 iyulgaça davom etadigan qutb kuni davrida yoruğ yoz kunlaridan töliq hajmda bahramand böliş maqsadida “vaqtdan xoli hudud” yaratiş haqidagi petitsiyani imzolaşdi. Bu maktab va iş joylarida qayişqoq iş jadvalini joriy qilişni nazarda tutadi.

“Maqsadimiz sutkada 24 soat faollikni ta'minlaşdan iborat. Agar siz soat 4da maysani örişni istasangiz, siz buni bemalol qila olişingiz mumkin”, deb aytgan ğoya muallifi Kell Uve Xveding. 

Orol aholisi öz iltimosnomasini norvegiyalik deputatlarga topşirgan. Agar ularning iltimosi deputatlar tomonidan qanoatlantirilsa, unda orol dunyodagi “vaqtdan xoli ilk hudud” böladi.

Hozirda orolga olib boruvçi köprikda soatlar osib taşlangan. Orolga keluvçilar şu yöl bilan bu yerda vaqt haqida unutişlarini namoyiş qiladilar.