Prezidentning «Soliq va bojxona imtiyozlari berilişini yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasida soliq imtiyozlari örniga tölov muddatini keçiktiriş taklif etilmoqda. QHTBT portalida 3 iyulga qadar uning muhokamasida iştirok etişi mumkin. Bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar qiladi.

Loyihada QQS tölovçilarning tölaqonli zanjirini yaratişga asosiy urğu berilgan, bu haqda batafsil bu yerda. Bundan taşqari quyidagilar ham taklif etilgan:

— kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilişdan olgan tuşumi 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömdan köp bölmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositaçilik xizmatlarini körsatuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun — xizmat haqi summasidan 25 foizgaça YaST stavkasini oşiriş (1.08.2019 yildan). Şu tariqa, agar loyiha özgartirişsiz tasdiqlansa, YaTT uşbu holatda yuridik şaxslar qança tölasa, şunça tölaydi, hozir ular uçun 4 foiz YaST stavkasi amal qiladi;

— yuridik şaxslarning tijorat banklariga joylaştirgan mablağlaridan foiz körinişida olingan tölov manbaini foyda soliğidan ozod qiliş böyiça imtiyozlarni bekor qiliş (1.10.2019 yildan).

— hokimliklarning yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği va yagona yer soliği borasidagi vakolatiga tuzatiş kiritiş: ular böyiça imtiyozlar beriş örniga tölov muddatini 24 oygaça muddatga keçiktiriş imkoniyatini taqdim etiş. Tölov muddatini keçiktirişni taqdim etişda soliq qarzdorligi böyiça belgilangan penya miqdoridagi foizlar undiriladi.

Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinçi qismi 13-bandida nazarda tutilgan imtiyozning amal qiliş şartini kiritiş, suğurtalangan şaxsning hayoti uçun suğurta tölovlari şartnoma böyiça suğurta muddati boşlangan kundan boşlab kamida 12 oydan keyin amalga oşirilgan taqdirda, suğurta şartnomasi amal qiladigan har bir yil uçun imtiyoz qöllanadi. Şartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda va suğurta qilinuvçiga suğurta mukofotining bir qismi yoki hammasi qaytarilganda, suğurtalovçi tölov manbaida JŞDSni uşlab qolişi va budjetga ötkazib berişi lozim böladi;

Tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan asbob-uskunalar va (yoki) butlovçi buyumlar yetkazib beriş böyiça import şartnomalari yuzasidan muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun, agarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovçi buyumlarni yetkazib beriş muddati ularning texnik xususiyatlari va öziga xosligidan kelib çiqqan holda 180 kundan ortiq bölsa, moliyaviy jazo çoralari qöllamaslik.

Keyingi norma ijodkorligi işida bojxona imtiyozlarini taqdim etiş va ilgari taqdim etilganlarni bekor qiliş tartibini qayta körib çiqişi kerak. Xususan, import qilganda QQSdan imtiyoz örniga 120 kungaça bölgan muddatga şu soliqni tölaşni keçiktirişni taqdim etiş közlanmoqda. Şuningdek, texnologik asbob-uskunalar uçun bojxona imtiyozlarini beriş mexanizmi takomillaştiriladi va optimallaştiriladi.

Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.