Apple kompaniyasi batareya qizib va yonib ketişi xavfi borligi sababli MacBook Pro noutbuklarini qaytarib olişini e'lon qildi.
«Apple 15 dyuymli eski avlod MacBook Pro noutbuklarida batareya qizib ketişi va yonğin xavfsizligiga tahdid uyğotişi mumkinligini aniqladi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Gap 2015 yil sentyabrdan 2017 yil fevraligaça sotilgan 15 dyuymli Retina displeyli qurilmalar haqida bormoqda.
Noutbuk batareyalarni almaştiriş dasturidan örin olgan-olmaganligini uning seriya raqami orqali tekşiriş mumkin. Buning uçun seriya raqami kompaniya saytidagi maxsus şaklga kiritiladi.
Apple bunday qurilmalar egalariga kafolatli servis markazlari yoki kompaniya magazinlariga murojaat qilişni taklif etmoqda.












