Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 iyundagi jonli muloqot vaqtida özga sayyoralik ekanligi yoki yöqligi haqidagi savolga özga sayyoralik emasligini va unda bunga isbotlar borligini aytdi.
“Yöq, menda bunga isbotlar va qarindoşlarim, yaqinlarim, farzandlarim şaxsida guvohlarim bor”, deb javob qilgan Rossiya yetakçisi.
Şuningdek, Putin prezident böliş joniga tegmaganligini aytgan.
“Prezident böliş jonimga tegmadi. Aks holda, joriy prezidentlik muddatiga nomzodimni qöymagan bölardim”, deb javob qilgan Putin.
Şuningdek, undan biror-bir iş uçun uyalişi haqida söralganda, köziga yoş oldi. Şunda Putin 2000-yillar boşida bölgan voqea haqida sözlab berdi. Putinning işçi safari vaqtida bir ayol uning oldida tiz çökib, unga iltimos bildirilgan maktub bergan. Rossiya prezidentining ta'kidlaşiça, uning yordamçilari bu maktubni yöqotib qöyişgan.
“Men bunday önlab maktublarni öqib, öşa maktub nima haqida bölganini deyarli bilaman. Unda turmada ötirgan öğliga yordam beriş yoki şunga öxşaş iltimos bölgan bölsa kerak. Biroq gap bundamas, gap maktubni yöqotib qöyişganda”, degan Putin va hanuzgaça bu iş uçun uyatda ekanligini aytgan.
Muloqot davomida Putin topşiriqlari bajarilmaganda özini aybdor his qilişini aytib ötgan.
Putin bilan jonli muloqot 17-marta bölib ötdi va 4 soat 16 daqiqa davom etdi.












